Jahon banki 2021 yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishini prognoz qildi
2021 va 2022 yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishi mos ravishda 4,3 foiz va 4,5 foizga yetadi. Bu haqda Jahon bankining «Jahon iqtisodiyoti istiqbollari» hisobotida aytilgan.

Foto: Getty Images
Hisobotda ta'kidlanishicha, 2020 yilda O‘zbekiston YaIM o‘sishi 0,6 foizni tashkil etgan.
Markaziy Osiyoda bu yil iqtisodiy o‘sish 3 foizgacha ko‘tarilishi kutilmoqda, bunga xomashyo narxi va to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning mo‘'tadil oshishi ta'sir ko‘rsatadi, sababi mintaqa Xitoyning «Bir makon — bir yo‘l» tashabbusida faollashmoqda.
Bank mutaxassislari vaziyatda salbiy o‘zgarishlar xavfi «ustun» ekanini ta'kidlagan. «Mintaqadagi iqtisodiy o‘sishning istiqbollari so‘nggi paytlarda ba'zi mamlakatlarda ijtimoiy notinchlikka, shuningdek, geosiyosiy ziddiyatlarning kuchayish xavfiga sabab bo‘lgan COVID-19 bilan kasallanishning ortishi bo‘yicha noaniqlikka ega. Yevropa va Markaziy Osiyoda COVID-19 bilan kasallanishning ko‘payishi cheklovlarning kuchayishiga hamda uy xo‘jaliklari va kompaniyalarning keskin reaksiyasiga olib kelishi mumkin», deyiladi hisobotda.
Jahon banki hisobotida ta'kidlashicha, jahon iqtisodiyoti 2021 yilda 4 foizga o‘sishi kutilmoqda, bu COVID-19 vaksinalaridan foydalanish kelgusi yil davomida keng miqyosda davom etishi sharoitida amalga oshadi. Ammo, ijro etuvchi organlar pandemiyani to‘xtatish va investitsiyalar oshishiga olib keladigan islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha qat'iy choralar ko‘rmasa, tiklanish jarayoni sust kechadi.
Endigina rivojlangan iqtisodiyotlarda boshlangan tiklanish jarayoni uchinchi chorakda kasallanish darajasining yangi o‘choqlari paydo bo‘lganidan keyin sekinlashdi, bu iqtisodiy tiklanish sekin va qiyin bo‘lishini anglatadi. 2020 yilda 3,6 foizga qisqarganligi prognoz qilingan AQSh YaIM 2021 yilda 3,5 foizga o‘sishi kutilmoqda. Yevropadagi ishlab chiqarish hajmi 2020 yilda 7,4 foizga pasayganidan so‘ng, 2021 yilda 3,6 foizga o‘sishi kutilmoqda. O‘tgan yili 5,3 foizga pasayish kuzatilgan Yaponiyada iqtisodiy faollik 2021 yilda 2,5 foizga o‘sishi kutilmoqda.
Shakllanayotgan bozor va rivojlanayotgan mamlakatlarning, shu jumladan Xitoyning yalpi ichki mahsuloti, 2020 yilda 2,6 foizga qisqargandan so‘ng, 2021 yilda 5 foizga o‘sishi kutilmoqda. O‘tgan yili 2 foiz o‘sgan Xitoy iqtisodiyoti bu yil 7,9 foizga o‘sishi kutilmoqda. Xitoyni hisobga olmaganda, shakllanayotgan bozor va rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy o‘sishi 2020 yilda 5 foizga qisqargandan so‘ng, 2021 yilda 3,4 foizga o‘sishi taxmin qilinmoqda. Kam daromadli mamlakatlarda iqtisodiy faollik 2021 yilda 3,3 foizga o‘sishi prognoz qilingan, 2020 yilda bu ko‘rsatkich 0,9 foizga pasaygan.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Turkiya: ota-onalar dam oladigan, bolalar esa baxtiyor bo‘ladigan ta’til
Jamiyat | 19:00 / 27.06.2025
-
Ukraina Volgograddagi harbiy aerodromga hujum qildi. Ikkita Su-34 samolyoti yo‘q qilingani aytilmoqda
Jahon | 23:31 / 27.06.2025
-
Toshkent metrosida yosh bola poyezd yo‘liga tushib ketgani rad etildi
Jamiyat | 23:04 / 27.06.2025
-
Toshkentda tirbandliklarni prognoz qiladigan markaz ish boshladi, aka 3 yoshli ukasini sotuvga qo‘ydi, Kun.uz jurnalisti «Oltin qalam» bilan taqdirlandi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:53 / 27.06.2025
Mavzuga oid

16:24 / 26.06.2025
Eng badavlat 1 foiz odamning boyligi 33,9 trillion dollarga ko‘paydi

19:23 / 24.06.2025
2024 yilda global boylik 305 trillion dollarga yetdi

18:06 / 13.06.2025
O‘zbekiston MDHning islomiy moliya markaziga aylanish potensialiga ega - ekspertlar bilan suhbat

10:23 / 12.06.2025