Financial Times naşrining ma'lum qilişiça, noyabrda Ma özi asos solgan, afrikalik yoş tadbirkorlar 1,5 million dollarlik mukofot jamğarmasiga ega grant uçun raqobatlaşadigan Africaʼs Business Heroes konkursi finalida iştirok etmagan. Ma konkurs hakamlar hay'ati qatorida bölişi kerak edi, ammo u şouning final qismi s'yomkalariga kelmagan, uni promorolikka qöşişmagan, uning nomi saytdagi hakamlar röyxatidan öçirilgan. Alibaba kompaniyasidagilar Ma konkurs finaliga tiğiz taqvim tufayli kela olmaganini ma'lum qilişgan.
Taiwan News naşri Maning ijtimoiy tarmoqdagi sönggi yozuvi 17 oktyabr kuni e'lon qilinganiga e'tibor qaratdi.
Oktyabr oyi oxirida Şanxaydagi konferensiyada Ma xalqaro moliyaviy regulyatorlari qoidalari eskirganini aytgan va Xitoy banklarini tanqid qilib, ular «lombardça mentalitet»ga egaligini ma'lum qilgandi. Bu Alibaba xoldingi tarkibiga kiruvçi va Xitoydagi eng yirik mobil tölovlar platformasini boşqarişga möljallangan Alipay’ga egalik qiluvçi Ant Group’ning birjaga çiqişidan biroz oldin sodir bölgan. 5 noyabr kuni nazorat paketi Maga tegişli bölgan Ant Group Şanxay va Gonkong birjalarida IPÖni amalga oşirişi kerak edi. Bu tarixdagi eng yirik IPÖga aylanib, kompaniya 34,4 milliard dollar jalb etişi kerak bölgan.
Biroq birjaga çiqişdan ikki kun oldin Xitoy moliyaviy regulyatorlari Ma va Ant Group rahbarlarini suhbatga çaqirgan. Reuters manbasining sözlariga köra, ular bizneslarini töliq tekşiruv kutayotgani töğrisida ogohlantirilgan. Ant Group IPÖsi qoldirilgan — avvalroq Xitoy hukumati kompaniya top-menejyerlariga bu borada qarşilik körsatmaslikka va'da bergan edi. Bundan taşqari, dekabr oyida Xitoy regulyatorlari Ant Group’ni şaffof raqobat prinsiplarini va iste'molçilar huquqlarini buzişda ayblagan. Maga mamlakatni tark etmaslik maslahat berilgan.
Ma OAVdan ğoyib bölib qolgani tufayli Xitoydagi WeChat ijtimoiy tarmoğida bu mavzu keng muhokama qilinmoqda, Techcrunch xabariga köra, ayrimlar tadbirkor Xitoydan qoçib ketganini aytişmoqda, ayrimlar esa uni «ğoyib bölişga majburlaşgani» haqida taxminlar bildirişgan. Xitoyda faoliyat körsatuvçi, biznes-konsalting xizmatlariga ixtisoslaşgan BDA China kompaniyasi rahbari Dunkan Klark Reuters muxbiri bilan suhbatda Ma Xitoy hukumati uning biznesini tekşirişga qiziqib qolişi ortidan «uzlatga çekingan».
56 yoşli Jyek Ma 1999 yilda Alibaba’ga asos solgan va 2019 yilda kompaniya rahbari lavozimini tark etgan, şu bilan birga, kompaniya hammuassisi sifatida undagi asosiy şaxslardan biri bölib qolavergan. Hozirda 635 milliard dollarlik kapitalga ega bu kompaniya Xitoydagi ikkinçi eng yirik kompaniya hisoblanadi. Yaqin vaqtgaça Ma mamlakatdagi eng badavlat şaxs hisoblanardi, ammo sönggi ikki oyda Alibaba aksiyalari arzonlaşişi tufayli uning boyligi 11 milliard dollarga kamaygan — 61,7 milliard dollardan 50,9 milliard dollarga. Endilikda, Bloomberg Billionaires Index reytingiga köra Xitoyning içimliklar işlab çiqaruvçi Nongfu Spring kompaniyasi prezidenti Çjun Şanşan mamlakatning eng boy odamiga aylangan - uning boyligi 58,7 milliard dollarga baholangan, Ma esa röyxatda törtinçi öringa tuşib ketgan.

















