«2020 yil davomida quriliş nazoratini kuçaytiriş böyiça hukumatning uçta qarori çiqdi. Bugungi kunda qurilayotgan hajmni olsak, bir yilda 20 ming atrofida imorat qurilyapti. Şularda 60 mingga yaqin nazorat ötkazilib, 15 mingga yaqin qaytadan qiliş masalalari majburiy şart qilib qöyildi. Buzib qaytadan joyiga olib kelmagunça uning moliyasi töxtatib turildi. 80 milliard sömga yaqin mablağni to sifat töğrilanmagunça töxtatib qöydik. Röyxatdan ötgan hamma obektlarning nazorati bor. Biriktirilgan inspektor tizimli ravişda çiqib hammasini kuzatib turibdi.
Qilayotgan asosiy işlarimizdan yana bittasi, Toşkent şahri va Toşkent viloyatini şaffof quriliş tizimiga ötkazdik. Öşa inspektor har bir obektga borganda kimga qança topşiriqlar berdi, uni bajariş uçun qança muddat belgiladi, bularning hammasi şaffof tizimga ötkazildi. 1 yanvardan butun respublikadagi hamma quriliş şaffof tizimga ötkazilmoqda. Tizimda quriliş yuzasidan qança e'tiroz berilgan, kim qabul qilib olgan, qança muddatda bajarilişi kerak – hammasi körinib turadi», deya Kozim Tölaganovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Loyiha va quriliş taşkilotlari reytingi joriy qilinadi
Qurilişdagi kamçiliklar haqida xabardor qiliş böyiça yangi tartib joriy etiladi
Eslatib ötamiz, Quriliş vazirligi tomonidan işga tuşirilgan «Şaffof quriliş» milliy axborot tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- obektlarning manzilli dasturi, obektlarning yillik manzilli röyxati şakllantirilişini, ma'lumotlar bazasi yangi quriliş, rekonstruksiya va mukammal ta'mirlaş obektlari böyiça turlarga bölib yuritilişini ta'minlaş;
- obektlarning loyiha-smeta hujjatlarini işlab çiqişda hududiy yagona buyurtmaçi xizmati injiniring kompaniyalari tomonidan loyihaoldi işlarining amalga oşirilişi, buyurtmaçi bilan loyiha taşkiloti örtasida şartnoma tuzilişi va avans mablağlari ajratilişi hamda işlar tugallanganligi töğrisidagi aniq va işonçli ma'lumotlarning muntazam elektron bazaga kiritib borilişi va yuritilişini ta'minlaş;
- loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan ötkazişda buyurtmaçi va ekspertiza taşkiloti örtasida tuzilgan şartnomalar, körsatilgan xizmatlarning moliyalaştirilganligi, tugallangan loyiha-smeta hujjatlarining ekspertizadan ötkazilganligiga oid elektron ma'lumotlar bazasini şakllantiriş;











