Bir neça yillardan buyon hukumat avtomobillarni yonilğining bu turiga moslaştirişni stimullab keldi, aksariyat haydovçilar nisbatan arzonroq metanga ötdi.

Ammo kuz-qiş mavsumida AGTKŞlar oldida turnaqator navbatlar yuzaga kelişi davom etmoqda. Havo keskin sovigan ayni kunlarda şoxobçalarga soat 15:00dan tonggi 05:00gaça işlaş taqiqlangan.

Bu öz navbatida qator muammolar zanjirini hosil qilmoqda. Haydovçilar va yölovçilar soatlab vaqtini yöqotyapti, yölkiralar oşib ketgan, köplab mahsulotlar tannarxi ham qimmatlaşgan.

Xöş, joylardagi vaziyat qanaqa? Haydovçilar qanday fikrda?

Kun.uz muxbirlari viloyatlardagi AGTKŞlarda böldi va aholi fikrini örgandi. Maxsus reportaj bilan quyidagi videoda tanişing.

Energetika vazirligi: «9 yanvar kuniga qadar vaziyat barqarorlaşişi kutilmoqda»

Kun.uz bu masalada Energetika vazirligiga ham murojaat qildi. Vazirlik matbuot xizmati quyidagi ma'lumotni taqdim etdi.

«Aholi iste'molçilari va elektr energiyasini işlab çiqaruvçi «Issiqlik elektr stansiyalari» korxonalarini tabiiy gaz bilan barqaror ta'minlaş birinçi darajali vazifa hisoblanadi. Şu bois, bir qator zarur vaqtinçalik çoralar joriy etilmoqda. Ulardan biri – avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalarining soat 15:00dan 05:00gaça işlaşini çeklaş.

Bu vaqtinçalik çora magistral gaz quvurlarida barqaror gaz bosimi ta'minlanişi yölga qöyilgunga qadar joriy etiladi.

4 yanvar kuni Muborakdagi gaz konlarida kuzatilgan jiddiy avariya tufayli şunday vaziyat yuzaga keldi. Bugungi kunda nosozlik töliq bartaraf etildi. Lekin şu bilan birgalikda, ob-havoning pasaygani sababli aholini barqaror gaz bilan ta'minlaşda uzilişlar kuzatilyapti, çunki magistral gaz quvurlarda gaz bosimi pasaygan.

Şu sababli, AGTKŞlarda vaqtinçalik çeklov joriy qilinmoqda. Rejamiz böyiça şanba – 9 yanvar kuniga qadar vaziyat barqarorlaşadi», – deyiladi Energetika vazirligi axborotida.