Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda haydovchiga bir vaqtda sodir etilgan qoidabuzarlik yuzasidan ikkita jarima qarori yuborildi
Ijtimoiy tarmoqlarda haydovchilardan biriga bir vaqtda sodir etilgan qoidabuzarlik yuzasidan ikkita jarima qarori kelgani to‘g‘risida videolavha tarqaldi. IIV YHXBB axborot xizmati bu holat yuzasidan izoh berdi.

Izohda aytilishicha, Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan "Jismoniy va yuridik shaxslarning avtotransport vositalariga o‘rnatilgan videoregistratorlar, shuningdek videokuzatuv va tasvirga olish texnika vositalari hamda mobil qurilmalar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi videoyozuvlarni qabul qilish, ko‘rib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida"gi nizomga ko‘ra, videoyozuvda qayd etilgan huquqbuzarlik bo‘yicha qaror qabul qilingan yoki ma'muriy ish yuritilayotgan taqdirda videotexnika vositalari orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi videoyozuvlar asosida ma'muriy ish yuritilmasligi belgilangan.
“Ya'ni, bir huquqbuzarlik bo‘yicha qaror qabul qilingan yoki ma'muriy ish yuritilayotgan vaqtda aynan ushbu huquqbuzarlik bo‘yicha videoyozuvlar asosida yana boshqa ma'muriy ish yuritilmaydi”, - deyiladi ma'lumotda.
Videolavhada izoh berib o‘tgan fuqarodan hududiy YHXBga murojaat qilish so‘ralgan va izohda keltirib o‘tilgan jazo qo‘llash to‘g‘risidagi jarima qarorlariga aniqlik kiritilishi aytilgan.
Avvalroq, Andijonda haydovchilarni videoga tushirishda gumonlangan shaxs “samosud” qilingandi.
Mavzuga oid
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
11:49 / 20.05.2026
5 ming so‘mlik kolbasalar: ogohlantirish va jarima yetarli chorami?
15:05 / 19.05.2026
Piyodaning yo‘lini to‘sgan haydovchi guvohnomasidan ayrildi
12:22 / 16.05.2026