Sobiq prezident va uning rafiqasi noqonuniy boyişda aybdor deb topilgan va ularga davlat ğaznasiga 4,4 mln dollar qaytariş buyurilgan.
Prokuratura juftlikning daromadlar haqidagi deklaratsiyasida qoidabuzarliklarni topgan va davlat pullarini prezidentlik vaqtida egalik qilgan telekompaniyalari va şaxsiy hisobraqamlariga ötkazganlikda ayblagan.
“Sobiq amaldorlar va prezidentlar öğrilik qilgani ma'lum. Biz ular öz jinoyatlari uçun haq tölaşlari va olingan pullar salvadorliklar manfaati uçun işlatilişi ustida işlamoqdamiz”, deb aytgan mamlakat boş prokurori Raul Melara.
Salvadorning sobiq prezidentiga, şuningdek, 10 yil davomida davlat lavozimlarini egallaş taqiqlangan.
2018 yil sentyabrda Saka pullarni yuviş va 2004 yildan 2009 yilgaça prezidentligi vaqtida 300 mln dollar öğirlaşda öz aybini tan olganidan keyin 10 yillik qamoq jazosiga tortilgan.

















