Mutasaddilar bilan boğlana olmayotgan fuqarolar öz dardlarini ijtimoiy tarmoqlarda yozib qoldirmoqda.

Kun.uz'ning Farğona viloyatidagi muxbiri gaz va svet mavzusida Facebook'ning farğonalik foydalanuvçilari yozgan va köp muhokama qilingan postlarni töpladi.

Qöqonlik Malika A'zamjonova özining şaxsiy sahifasida şunday yozadi:

«Uyimiz salkam muzxona. Puf desak oğzimizdan tutun çiqyapti. Yaxşi ham farzandlarim katta bölib qolişgani, bölmasa bağrimda, tanam issiğida katta qilarmidim? Oçiği, uy sovuq, işxona sovuq. Taşqarini-ku, aytmay qöya qolay. Hozirgi quriladigan köp qavatli uylarga ham peçka yoqiş uçun möljallab, möri joyi taşlab ketişsa bölar ekan...»

Toşkent şahridan Farğonaga mehmonga kelgan, asli farğonalik şifokor Muazzam Ibrohimova gaz va svet idoralariga boğlanib bölmasligiga töxtalgan:

«Işonmasangiz, HETKning Farğona viloyat bölimi saytida yozilgan telefonga qönğiroq qiling. Avval çaqiradi, keyin «ojidaniye», keyin şart uzib qöyişadi, yana çaqiradi, yana kutasiz, yana uzib qöyişadi. Kunning ikkinçi yarmida esa «liniya nosozligi uçun bu telefon bilan boğlanib bölmaydi», degan javobni olasiz.

Rasmiy saytdan rahbariyatning telefon raqamlarini topişga urinib kördim. Qayda! Uçta mas'ul rahbarning qayerda tuğilib, qaysi maktab, institutni tugatgani, qayerda işlab, keça, bugun nima karomat körsatganigaça bor. Biroq, birortasining iş yoki qöl telefoni qayd etilmagan...»

Uçköpriklik Şarifa Madrahimova oila a'zolari bilan vazirning uyiga köçib borişini istehzo qildi:

«Kim edi elektr bilan gazning kattasi? Manzilini beringlar! Töğrisi, jondan ötdi hammasi. Na gaz bor, na elektr. Öşa ikkala vazirning birorta uyida bolalarim, ota-onam, yaqinlarim, qişloqdoşlarim bilan qişni ötkazib kelardim».