Grantni kimlar qölga kiritişlari mumkin?
Tanlovda qaysi hududdagi oliy ta'lim muassasasida öqiyotganidan qat'i nazar doimiy yaşaş joyi Qaşqadaryo viloyatida bölgan barça talabalar iştirok etişlari mumkin.
Innovatsion loyihalar quyidagi 6ta yönaliş böyiça qabul qilinadi:
- Neft va gaz, kimyo sanoati;
- Energetika;
- Qişloq xöjaligi, oziq-ovqat sanoati;
- Suv xöjaligi va ekologiya;
- Fan va ta'lim;
- IT-texnologiyalar.
Loyihalarga qança mablağ ajratiladi?
Talabalar taklif etayotgan loyihalar qiymati 1 mln sömdan 100 mln sömgaça bölişi kerak. Har bir yönaliş böyiça tanlov komissiyasi loyiq deb topgan uçtagaça loyihani viloyat hokimligi moliyalaştiriş uçun sotib oladi va uni hayotga tatbiq qiliş bilan boğliq barça taşkiliy jarayonlarni öz zimmasiga oladi.
Şunday qilib, mazkur tanlov natijasiga köra, jami 1 mlrd 800 mln sömgaça bölgan innovatsion loyihalarni moliyalaştiriş reja qilingan (mazkur miqdor ğolib bölgan loyihalar budjetiga qarab özgarişi mumkin).
Arizalar joriy yilning 21 yanvariga qadar www.metsenat.uz sayti orqali qabul qilinadi.
Tanlov komissiyasi kelib tuşgan hujjatlarni körib çiqadi va maqbul deya topilgan loyihalarni moliyalaştiriş töğrisida ijobiy xulosa beradi.
Qanday hujjatlar kerak?
Talabalar eng avvalo www.metsenat.uz saytida röyxatdan ötadi va öz ma'lumotlarini kiritadi. Bundan taşqari, sayt orqali innovatsion loyihasi haqida belgilangan namuna asosida qisqaça ma'lumot (1 varaq) hamda loyiha aks etgan taqdimot (10ta slayddan oşmagan) yuborişlari lozim.
















