AQŞ prezidenti Donald Tramp kongressda yuz bergan tartibsizliklarda köra vitse-prezident Maykl Pens saylovda demokrat Jozef Baydenning ğalabasini tan olişidan köproq taşvişga tuşdi. Bu haqda Oq uydagi manbalariga tayanib The Washington Post gazetasi xabar berdi.

 Payşanba kuni senat va kongress vakillar palatasining qöşma yiğilişida Jozef Bayden 3 noyabrda bölib ötgan prezident saylovida ğalaba qozonganligi tasdiqlandi. Vitse-prezident yiğilişga raislik qildi va demokratning ğalabasi haqida e'lon qildi.

 Davlat rahbari Pensdan şunçalik darğazab böldiki, "soğlom fikrlay olmasdi", degan gazeta manbasi.

 "U Pensning xiyonatidan kuni bilan ğazabda yurdi. Kun böyi "Men uni odam qilgandim, uni siyosiy ölimdan qutqarib qolgandim, u orqamdan piçoq urdi", degap sözlarni takrorladi”, - deb qöşib qöygan manba.

 Senatning qurolli kuçlar böyiça qömitasi raisi va Pensning yaqin dösti Jyeyms Inhofning sözlariga köra, vitse-prezident Tramp undan saylov natijalarini qayta körib çiqişni talab qilganidan "qattiq siqilgan".

"Pensni heç qaçon bunday holatda körmagandim", - degan senator.

Eslatib ötamiz, 6 yanvar kuni Trampning tarafdorlari AQŞ kongressiga bostirib kirişdi. Keyinroq kuç işlatiş tuzilmalari namoyişçilarni kongress binosidan siqib çiqarişdi.

Tartibsizliklar vaqtida tört kişi halok böldi.