Bild naşrining siyosiy doiralardagi manbalarga tayanib xabar berişiça, Şpan bunday ssenariyni öz partiyasi yetakçilari bilan muhokama qilmoqda. Partiyaning 15-16 yanvardagi yiğilişida partiya raisi saylovlari bölib ötadi. Bu lavozimga uç kişi, jumladan Şimoliy Reyn-Vestfaliya federal yeri boş vaziri Armin Laşet da'vogarlik qilmoqda.

Şpan Laşet jamoasida işlaydi. An'anaga köra partiya yetakçisi kansler bölişi kerak, biroq bu qoida rasman heç qayerda mustahkamlanmagan. Şu sababli Şpanning reytingi Laşetnikidan yuqori bölsa, u öz nomzodini kansler lavozimiga ilgari surişi, Laşet esa partiyaga rahbarlik qilişi mumkin.

Hozirda partiyaga Merkelning örnini egallagan Annegret Kramp-Karrenbauer rahbarlik qilmoqda. 2020 yil fevralda Kramp-Karrenbauer partiya prezidiumiga rais lavozimidan ketmoqçiligini ma'lum qilgan. Ta'kidlanişiça, siyosatçi kansler lavozimiga saylovlarni taşkillaştirib, söngra partiya raisi lavozimini tark etmoqçiligini ma'lum qilgan.

Merkel Kramp-Karrenbauer bilan uçraşuvda unga minnatdorlik bildirgan va uning mudofaa vaziri lavozimida qolişiga umid bildirib qolgan.

26 sentyabrda bundestagga saylovlar bölib ötadi va uning natijalariga köra yangi hukumat şakllanadi. Hozirda Merkel kansler lavozimini qatorasiga 4-muddatga va 5-muddatga öz nomzodini ilgari surmaslikka qaror qilgan.