Agarda AQŞning Eronga qarşi sanksiyalari 21 fevralgaça töxtatilmasa, Tehron Xalqaro atom energiyasi (XAEA) inspektorlarini mamlakatdan çiqarib yuboradi. Bu haqda Eron parlamenti a'zosi Ahmad Amirobodiy ma'lum qildi.

 "Agarda Eron Islom Respublikasiga qarşi sanksiyalar 21 fevralgaça bekor qilinmasa, biz Xalqaro atom energiyasi inspektorlarini mamlakatdan heç şubhasiz çiqarib yuboramiz", - deya uning sözlaridan iqtibos keltirmoqda Mehr agentligi.

"Amerikaliklarga bir oy muhlat beramiz, çunki AQŞning yangi ma'muriyati 21 yanvarda iş boşlaydi. Ularda sanksiyalarni bekor qiliş böyiça çora köriş uçun 21 fevralgaça vaqt bor, aks holda Eron Islom Respublikasi öz xalqini himoya qilişga kirişadi", - dedi Amirobodiy.

 Uning ta'kidlaşiça, Eron yadroviy dasturi böyiça kelişuvdagi asosiy maqsadlardan biri sanksiyalarning bekor qilinişi bölib, bu amalga oşmagan.

2015 yilda Eron va Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy, Rossiya, AQŞ, Fransiya yadroviy dastur böyiça kelişuv imzolagandi. Unga köra, Eronga qarşi sanksiyalar bekor qilinişi lozim edi, Tehron esa atom sohasi böyiça qator majburiyatlarni zimmasiga olgandi.

2018 yilda AQŞ prezidenti Donald Tramp uşbu kelişuvdan çiqib ketdi va Eronga nisbatan bir tomonlama sanksiyalarni tikladi.  

AQŞning saylangan prezidenti Jo Bayden yadroviy kelişuvga qaytişga harakat qilişi kutilmoqda.