Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda ikki mutasaddi pora olayotganda ushlandi
Davlat xavfsizlik xizmati Andijon viloyat boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazdi.
Kun.uz'ga taqdim etilgan rasmiy xabarga ko‘ra, tadbir davomida Shahrixonsoy irrigatsiya tizimi boshqarmasi moddiy-texnik ta'minoti bo‘limi mutaxassisi Sh.M. fuqaroga Shahrixonsoy kanalining Asaka tumanidan oqib o‘tuvchi qismidagi muhofaza hududidan chorvachilik uchun 0,06 ga yer maydoni ajratib berish evaziga 500 AQSh dollarini olayotgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, Shahrixonsoy irrigatsiya tizimi boshqarmasi boshlig‘i A.Sh. ushbu pullarni Sh.M.dan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Sh.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “g” bandi, Sh.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan tergov jarayoni ketmoqda, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
16:44 / 29.06.2026
Andijonda Malibu piyodalar yo‘lidan o‘tayotgan uch kishini urib ketdi
21:24 / 27.06.2026
Namanganda 381 ming dollarga 50 sotix yerni rasmiylashtirib berishni va’da qilganlar ushlandi
13:57 / 25.06.2026
«Andijon polkasi» tadbiriga ketayotgan o‘quvchilar YTHga uchradi
08:33 / 25.06.2026