Vazirlar Mahkamasi “Jahon banki iştirokida "Özbekistonda şaffof va keng bozor iqtisodiyotiga ötişni rivojlantiriş siyosatini qöllab-quvvatlaş" loyihasini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni qabul qildi.
Hujjat bilan quyidagilar ma'lumot uçun qabul qilindi:
2020 yil 16 dekabrda "Özbekistonda şaffof va keng bozor iqtisodiyotiga ötişni rivojlantiriş siyosatini qöllab-quvvatlaş" loyihasini amalga oşiriş doirasida Özbekiston hamda Jahon banki örtasida budjetni qöllab-quvvatlaş böyiça qarz bitimi va moliyaviy bitim imzolangan. Ular quyidagi qarzni jalb qilişni nazarda tutadi:
Xalqaro tiklaniş va taraqqiyot bankining 10,5 yil muddatga, şu jumladan, 5 yillik imtiyozli davri bilan 250 mln dollar;
Xalqaro taraqqiyot uyuşmasining 30 yil muddatga, şu jumladan, 5 yillik imtiyozli davri bilan:
- 165 mln dollar miqdoridagi (imtiyozli qarz);
- 85 mln dollar miqdorida (imtiyozsiz qarz).
Xalqaro tiklaniş va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyuşmasi tomonidan ajratiladigan qarzlar Özbekiston budjeti xarajatlarini moliyalaştiriş uçun yönaltiriladi.
Qaror bilan Loyihani amalga oşiriş doirasida Xalqaro tiklaniş va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyuşmasi tomonidan ajratiladigan qarzni qaytariş, foiz va vositaçilik haqi böyiça tölovlarni amalga oşirişning prognoz jadvali tasdiqlandi.
Hujjat bilan quyidagilar belgilandi:
Moliya vazirligi loyihaning amalga oşirilişini muvofiqlaştiriş va monitoring qiliş, Xalqaro tiklaniş va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyuşmasi tomonidan ajratiladigan qarzdan maqsadli va samarali foydalanilişi yuzasidan mas'ul ijro etuvçi organ hisoblanadi;
Xalqaro tiklaniş va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyuşmasi tomonidan ajratiladigan qarzlarni qaytariş, foiz, xizmat körsatganlik va vositaçilik haqi böyiça tölovlarni amalga oşiriş bilan boğliq xarajatlar Özbekiston respublika budjeti mablağlari hisobidan amalga oşiriladi.

















