Vodiy viloyatlarini Özbekistonning asosiy turistik yönalişlari – Samarqand, Buxoro, Urganç, Termiz bilan boğlovçi beşta yönalişda aviaqatnovlar yölga qöyiladi. Bu haqda 11 yanvar kuni AOKAda bölib ötgan matbuot anjumanida Moliya vaziri örinbosari Ahadbek Haydarov ma'lum qildi.
«Transport vazirligi va Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi bilan hamkorlikda dastlabki beşta yönalişni aniqladik. Bu yönalişlar vodiy viloyatlarini Samarqand, Buxoro, Urganç, Termiz kabi asosiy turistik şaharlar bilan boğlaşi kutilmoqda. Masalan, Farğona-Buxoro yönalişida aviaqatnov yöq. Hisob-kitoblarimizga köra, agar Farğona-Buxoro yönalişiga reys qöysak, xarajatlarning 30 foizi budjetdan qoplab beriladi. Şu yönalişda parvoz qiluvçi yölovçilar uçun bu vaqtni iqtisod qiliş va xavfsizlik nuqtayi nazaridan qulay böladi. Loyiha töliq işlab çiqilib, hukumat tomonidan ma'qullanganidan söng, qaror sifatida qabul qilinadi va joriy qilinadi», – dedi vazir örinbosari.
Ahadbek Haydarovning aytişiça, çiptalarning taxminan 30 foizi davlat byujyetidan qoplab berilişi – subsidiya töğridan töğri aviakompaniyaga berilişi nazarda tutilmoqda.
«Subsidiyalarni ajratiş borasida davlat budjetidan mablağ ajratiş imkoniyatimiz yetarli. Taxminiy hisob-kitoblarga köra, beşta yönaliş böyiça subsidiya joriy etiladigan bölsa, bir yillik ajratiladigan mablağ 20-25 milliard sömni taşkil etadi», – deydi u.
Avvalroq, AOKAda ötgan matbuot anjumanida Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi Aziz Abduhakimov 2020 yilda 1 million 800 ming nafar mahalliy turist safari taşkil etilganini, 2021 yilda buni keskin oşiriş, sayyohlar sonini 7,5 millionga yetkaziş rejalaştirilganini aytib ötgandi.
2021 yilda Andijon va Xivani töğridan töğri boğlovçi temir yöl reysi, Farğona va Urganç aviareysi, Qarşidan Urgançga temir yöl hamda aviareyslar yölga qöyilişi rejalaştirilmoqda.












