11 yanvar tongida Namangan viloyati Töraqörğon tumani «Kumidon» mahallasi hududida joylaşgan «Afsona-4» nomli avtomobillarga gaz quyiş şoxobçasida «Damas» avtomobili yonib ketdi. 

Avtomobil haydovçisi gaz zapravkaga tungi soat 02:00da borib, 6:00da gaz quydirgan va çiqib ketayotgan paytda yonğin çiqqan. Bunga avtomobil elektr simlarining qisqa tutaşuvi sabab bölgan, haydovçi avtomobildan çiqişga ulgurgan, atrofdagi boşqa haydovçilar yonğinni öçirişgan. Namangan viloyati favqulodda vaziyatlar boşqarmasi axborot xizmati uşbu hodisa böyiça qöşimça ma'lumot berdi.

«Namangan viloyati Töraqörğon tumanidagi gaz töldiriş şoxobçasida yonib ketgan «Damas»ning örindiq va elektr jihozlari zarar körgan. Şoxobçada bölgan yon-atrofdagi fuqarolar va avtomaşinalarga talafot yetmagan.

Töraqörğon tumanining «Yakkatom» mahallasida yaşovçi avtomaşinani fuqaro B.A. işonçnoma orqali boşqarib kelgan. U gaz töldiriş şoxobçasidan çiqayotganda uşbu hodisa röy bergan va şoxobça xodimi tomonidan yonğin tezkorlikda dastlabki öt öçiriş quroli orqali bartaraf etilgan.

Yonğin natijasida «Damas»ning örindiq va elektr jihozlari zarar körgan. Şoxobçada bölgan yon-atrofdagi fuqarolar va avtomaşinalarga zarar yetmagan», deyiladi ma'lumotda.

Yonğin yuzasidan tergovga qadar suriştiruv işlari olib borilmoqda.

Boşqarma şu kunlarda gaz zapravkalarda tartibsizliklar kuzatilayotganini qayd etib ötgan.

«Ayni paytda gaz töldiriş şoxobçalarida tartibsizliklar kuzatilyapti. Avtomaşina egalari nima qilib bölsa ham, tezroq gaz quyiş ilinjida belgilangan vaqtga va tartibga amal qilişmayapti. Avtomobil yölining qatnov qismiga ham qatorlaşib turib olib, boşqa transportlarning harakatiga xalaqit berişmoqda.

Şuningdek, gaz töldiriş şoxobçalaridan çiqişga möljallangan yölaklarni ham navbatsiz kirişga oşiqayotgan maşinalar band qilib olişgan. Oraliq masofani saqlaş haqida gapirmasa ham böladi. Oqibatda, joylarda transport va haydovçilar örtasida turli köngilsiz holatlar kelib çiqmoqda.

Haydovçilarga murojaat etamizki, hayotingiz xavf ostida qolmasligi uçun ogoh böling. Avtomobilingizning texnik holatini nazorat qiling, gaz töldiriş şoxobçalariga borganda belgilangan tartiblarga rioya qiling va favqulodda holatlar röy berganda maxsus avtomaşinalar yölaklari (evakuatsiya yölagi) oçiq turişini ta'minlang», — deyiladi FVB izohida.