Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada Horun Yahyo nomi bilan tanilgan voiz 1075 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi
Horun Yahyo ismi bilan tanilgan 64 yoshli Adnan Oktar Istanbul sudi tomonidan 1075 yil va 3 oylik qamoq jazosiga hukm qilindi.
“Anadolu” nashrining xabar berishicha, u bilan birga yana 236 kishi sudga tortilgan. Adnan va uning atrofidagi shaxslar bolalarni olib qochish, shantaj, siyosiy va harbiy josuslik, diniy e'tiqodni suiiste'mol qilish, jinoiy daromadlarni legallashtirish, firibgarlik, nomusga tegish va voyaga yetmaganlar bilan jinsiy aloqa qilish, shaxsiy hayotga daxlsizlik, hujjatlarni soxtalashtirish kabi 10dan ortiq alohida jinoyatlar bilan ayblangan.
Oktanning yordamchilaridan biri Tarkan Yavas 211 yilga, Oktar Babuna esa 186 yilga qamoq jazosiga hukm qilindi. Jinoiy guruhning qolgan a'zolariga nisbatan sud jarayonlari davom etmoqda.
Horun Yahyo ismi bilan tanilgan Adnan Oktar diniy mavzudagi bir qator kitoblar muallifidir, kitoblari turli tillarga tarjima qilingan. Ko‘rsatuvlarini internet orqali namoyish etib kelgan, ko‘rsatuvlaridagi hayosizliklar sabab tanqid qilingan.
Turkiya politsiyasining moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi Adnan Oktar va 200dan ortiq u bilan aloqador shaxslarni 2018 yilda hibsga olgan edi.
Mavzuga oid
16:15 / 01.02.2026
Turkiyada avtobus ag‘darilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
09:03 / 31.01.2026
Turkiyada deportatsiya bekor qilinmadi - rasmiy izoh
14:41 / 30.01.2026
Turkiyaga ishga chiqish osonlashadi: malaka baholash va sertifikatlash boshlanadi
23:10 / 29.01.2026