Majburiy ijro byurosi matbuot xizmatining Kun.uz’ga bergan ma'lumotiga köra, Qoraqalpoğiston Respublikasida Taxtaköpir tumani MIB bölimi iş yurituviga fuqarolik işlari böyiça Çimboy tumanlararo sudining hal qiluv qaroriga asosan, qarzdor B.M.dan undiruvçi fuqaro P.Utemuratovaning foydasiga, uning tarbiyasidagi 3 nafar farzandi moddiy ta'minoti uçun har oydagi iş haqining ½ qismi miqdorida aliment nafaqasini undiriş töğrisidagi ijro hujjati kelib tuşgan.
Majburiy ijro harakatlari davomida, mazkur ijro hujjati bölim iş yurituviga kelib tuşgan vaqtdan boşlab, aliment nafaqasi qarzdor ota tomonidan öz vaqtida va töliq tölanib kelingan. Şunga qaramasdan, davlat ijroçilari tomonidan qarzdor otaga Vazirlar Mahkamasining 808-sonli qaroriga asosan voyaga yetmagan bolalar ta'minoti uçun alimentlarni oldindan tölaş imkoniyati borligi tuşuntirildi.
Olib borilgan tuşuntiriş işlari öz samarasini berib, ikki tarafning özaro kelişuviga asosan, qarzdor B.M. sobiq rafiqasi P.Utemuratovaga öz qizlarining voyaga yetguniga qadar tölanadigan aliment puli evaziga öz nomidagi uyini notarial tartibda sovğa tariqasida rasmiylaştirib berdi va hali voyaga yetmagan farzandlar öz uy-joyiga ega bölişdi.
Şundan keyin, “Sud hujjatlari va boşqa organlar ijro hujjatlarini ijro etiş töğrisida”gi qonunining 41-moddasiga asos mazkur ijro hujjati amalda tamomlandi.
















