Alibaba asosçisi Jyek Ma Xitoyda, u qoçib ketgani yoki yöqolib qolgani yöq, dedi milliarderning döstlari va hamkasblari Financial Times bilan suhbatda.

Gazetaning yozişiça, ular Ma qonun bilan muammolarga duç kelgani sababli ommaga körinmayotgani töğrisidagi taxminlarni «qat'iyan rad etişmoqda».

Jyek Maning döstlaridan biri biznesmen koronavirus pandemiyasi bois Xitoyni tark etmayotganligini ta'kidlagan. Milliarder bilan tez-tez muloqot qilib turadigan yana bir dösti esa Maning işlari joyidaligi va unga heç qanday xavf tahdid solmayotganini aytdi. 

«U qönğiroq va xabarlarga darhol javob qaytaryapti va kayfiyati yaxşiga öxşaydi. Nazorat organlari bilan muzokaralar davom etmoqda va muzokaralar yakunlanmaguniça jim ötirişiga töğri keladi», — dedi Financial Times suhbatdoşi.

 Jyek Ma ikki oydan ortiq vaqtdan buyon ommaga köriniş bermayapti. Uni oxirgi marta 24 oktyabrda körişgan — Ma öşa kuni Şanghaydagi konferensiyada xalqaro moliyaviy regulyatorlar qoidalari eskirganini aytgan va Xitoy banklarini tanqid qilib, ular «lombardça mentalitet»ga egaligini bildirgandi. Bu unga qimmatga tuşdi. 5 noyabr kuni nazorat paketi Maga tegişli bölgan Ant Group Şanghay va Hongkong birjalarida IPÖni amalga oşirişi kerak edi.  

 Biroq birjaga çiqişdan ikki kun oldin Xitoy moliyaviy regulyatorlari Ma va Ant Group rahbarlarini suhbatga çaqirgan. Reuters manbasining sözlariga köra, ular bizneslarini töliq tekşiruv kutayotgani töğrisida ogohlantirilgan. Ant Group IPÖsi qoldirildi. Dekabrda Xitoy regulyatorlari Ant Group’ni şaffof raqobat prinsiplarini va iste'molçilar huquqlarini buzişda aybladi. 24 dekabrda esa Alibaba ustidan tekşiruv boşlangani ma'lum qilindi.

 6 yanvar kuni CNBC Jyek Ma özi tuğilib-ösgan, Alibaba boş qarorgohi joylaşgan Hançjou şahrida ekanligi töğrisida xabar berdi.

Ma'lumotlarga köra, Alipay tölov servisidan 700 mln kişi – Xitoy aholisining yarmi va 80 mln sotuvçi foydalanadi. Ötgan moliya yilida servis orqali 18,2 trln dollarlik operatsiyalar bajarilgan.