Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlik faoliyatini noqonuniy tekshirgan 328 nafar mansabdor javobgarlikka tortilgan – Biznes Ombudsman
2020 yilda tadbirkorlik sub'yektlari ustidan tekshiruv o‘tkazishda qonunni buzgan nazorat qiluvchi organlar mansabdorlarining 328 nafariga sudlar tomonidan ma'muriy javobgarlik tayinlangan. Ularning 5 nafari bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan, 150 nafariga intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan va 33 nafariga ogohlantirish berilgan.
Biznes-Ombudsmanning 2020 yilda tadbirkorlik sub'yektlari ustidan o‘tkazilgan tekshiruvlar bo‘yicha e'lon qilgan hisobotida yil davomida jami 52 ming 320ta tekshiruv o‘tkazilgani ma'lum qilindi. Shundan 1 ming 754tasi vakolatli organ bilan kelishilgan holda, qolgan 50 ming 566tasi xabardor etish tartibida o‘tkazilgan.
Hisobot davrida 28ta nazorat qiluvchi organ tomonidan 3 ming 162ta noqonuniy tekshiruvlar o‘tkazilgani, 13ta nazorat organi tomonidan 3 ming 312ta holatda tekshirish tartibi buzilgani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining 328 nafariga sudlar tomonidan ma'muriy jarima jazolari tayinlangan. 5 nafari bilan mehnat shartnomalari bekor qilingan. 150 nafariga intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan va 33 nafariga ogohlantirish berilgan.
Ma'lum qilinishicha, vakolatli organ bilan kelishish uchun 18ta nazorat qiluvchi organ tomonidan tekshiruv o‘tkazish bo‘yicha jami 3 ming 915ta buyurtma kiritilgan bo‘lib, shundan 2 ming 161tasi rad etilgan.
Tashkilot tomonidan tadbirkorlar faoliyatida tekshirishlarni o‘tkazuvchi mansabdor shaxslarning malaka va professionallik darajasini baholash maqsadida, nazorat qiluvchi organlarining 4 ming 164 nafar xodimlari attestatsiyadan o‘tkazilgan.
Mavzuga oid
10:57 / 29.06.2026
Energetika sohasida tekshiruvlarning yangi mexanizmi joriy etildi
09:30 / 09.06.2026
Buxorodagi tergov hibsxonasi xodimlariga nisbatan tekshiruv harakatlari boshlandi
08:40 / 10.01.2026
6 ta postda transport tekshiruvi sinov tariqasida chegara qo‘shinlariga berildi
15:30 / 25.12.2025