Kun.uz muxbirining xabar berişiça, Yunusobod tumanini 2021–2022 yillarda kompleks rivojlantiriş dasturi işlab çiqilgan.
Sanoat va xizmat körsatişni rivojlantiriş yönalişida umumiy qiymati 14,4 trillion sömlik 141ta yirik va örta investitsiya loyihasi şakllantirilgan.
Şavkat Mirziyoyev poytaxtning bu tumanida hali katta imkoniyatlar borligini bildirdi.
«Agar mendan Yunusobod tumani öz imkoniyatidan töliq foydalanyaptimi, deb sörasangiz, davlat rahbari sifatida «yöq» deb javob beraman. Bu tumanning yalpi içki mahsulotini ikki karra oşirişimiz kerak. Buning uçun barça imkoniyatlar bor.
2020 yilda 450 mlrd söm tuşum qilingan, 2021 yilda 721 mlrd söm rejalaştirilibdi. Lekin men sizlarni işontirib aytamanki, Yunusobod tumani bemalol 1 trln.lik marrani zabt eta oladi.
Ana şunda biz bemalol barça muammolarni hal qila olamiz. Çunki iqtisodiy masalalarni hal qilgandan keyingina ijtimoiy muammolarni yeçişga imkon böladi.
Vaqt şiddat bilan ötib ketyapti. Keçagina yangi yilni nişonlagandik, bugun 15 yanvar. Yaqinda Navröz bayramini nişonlaymiz, keyin Mustaqillik bayrami keladi. Birpasda yil tugab qoladi. Biz öz oldimizga qöygan masalalarni yeça olişga ulgurişimiz kerak.
Mana, 15 kun ötib ham na qor, na yomğir yoğdi. Köpçilik Toşkent şahrida işlab qiyinçilikdan noliydi. Men qurğoqçilikdan xavotirlanib, har kuni viloyatlar bilan gaplaşib turibman. Mana, qanday muammolar bor? Sizlar buni bilmaysizlar, ilohim bilmanglar ham», – dedi davlat rahbari yiğilganlarga qarata.

















