Özbekiston hukumati YeOII texnik reglament talablarini qabul qiliş, YeOII mamlakatlarida qabul qilingan 26ta texnik reglamentlar asosida maxsus texnik reglamentlarni işlab çiqiş va tasdiqlaşni rejalaştirmoqda. Bu haqda joriy yilgi davlat dasturi loyihasida ma'lumot berilgan.
Ta'kidlanişiça, bundan közlangan maqsad işlab çiqariladigan mahsulotlarning raqobatbardoşligini oşirişdir.
Avvalroq, «Özstandart» agentligida joriy yilda amalga oşiriladigan özgarişlar haqida ma'lumot bergan direktorning birinçi örinbosari Javlon Kattaxöjayev ham uşbu masalada ma'lumot bergandi.
Xususan, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqida joriy etilgan talablar, qoidalar va normalarni iqtisodiyotga joriy qiliş, sanoat mahsulotlarini uşbu bozorga tayyorlaş maqsadida 50ta texnik reglament amaliyotga kiritilgan va yangi kiritiladigan texnik reglamentlar Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi normalariga uyğunlaştirilişi aytilgandi.
Bundan taşqari, Özbekiston hukumati Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida qabul qilinayotgan hujjatlar, ötkazilayotgan tadbirlar va rejalaştirilayotgan harakatlar töğrisida ma'lumotlarni yiğiş, örganiş va tahlillarni amalga oşiriş taklifini jamoatçilik muhokamasi uçun bildirgan.













