Samarqand viloyat Maktabgaça ta'lim boşqarmasi boğça mudirasi bilan tuzilgan mehnat şartnomasini bekor qiladi. Jabrlanuvçi bolaga esa sudga oid ekspertiza tayinlangan. Bu haqda viloyat MTB axborot xizmati tomonidan Kun.uz’ga taqdim etilgan munosabatda ma'lum qilingan.

Joriy yil 17 yanvar kuni maktabgaça ta'lim taşkilotlaridan birida tarbiyalanuvçi bolaning qöllari va yuziga ayol kişining urayotgani tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Dastlabki örganişlarga köra, holat Bulunğur tumanidagi 13-sonli MTTda sodir bölgani ma'lum böldi. Biroq 17 yanvar yakşanba, iş kuni bölmaganligi sababli holat bugun, 18 yanvar, duşanba kuni Bulunğur tuman hokimligi va viloyat maktabgaça ta'lim boşqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan joyida örganilgan.

Munosabatda yozilişiça, hodisa yuzasidan suriştiruv ötkazilganda boğça mudirasi Rohatoy Ahrorova 2-tayyorlov guruhi tarbiyalanuvçisi M.Ş.ning ruhiyatiga bosim ötkazib, qöllari va yuziga urganligi ma'lum bölgan. Qayd etilişiça, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoni 1-sonli MTT psixologi N.Atabayeva tasvirga olgan va tarbiyalanuvçilarning ota-onalariga tarqatgan. Ota-onalar videoni ijtimoiy tarmoqlarga joylagan.

Voqea sodir bölgan kuni 2-tayyorlov guruhi tarbiyaçisi Dilfuza Mahkamova tuşgaça işda bölmagan va bolalarga mudira R.A.ning özi qarab turgan. Ana şu paytda u töpolon qilgan bolani boşqa tarbiyalanuvçilar köz öngida urgan.

Ta'kidlanişiça, bugun mutasaddi taşkilotlar tomonidan 13-sonli MTTda suriştiruv davom etayotgan paytda mudira Rohatoy Ahrorovaning yuragi xuruj qilgan va u tez tibbiy yordam brigadasi tomonidan şifoxonaga olib ketilgan. Boğça mudirasi vazifasini vaqtinça bajariş oliy ma'lumotli tarbiyaçi Mardiyeva Dilraboga uning roziligi asosida yuklatilgan.

«Tizimda kelgusida bunday salbiy holatlar takrorlanişining oldini oliş maqsadida viloyat maktabgaça ta'lim boşqarmasi boşliği Ş.Rahmonov, tuman hokimligi va prokuraturasi bilan birga tuman MTT direktorlari hamda tuman maktabgaça ta'lim bölimi mutasaddilari iştirokida tuşuntiriş işlari olib borildi. Samarqand viloyat Maktabgaça ta'lim boşqarmasi tomonidan Rohatoy Ahrorovaga mehnat qonunçiligida belgilangan tartibda mehnat şartnomasini bekor qiliş çoralari belgilandi.