YUNISEF Özbekiston hukumatining maktab va maktabgaça ta'lim taşkilotlarida an'anaviy ta'limga qaytiş böyiça qarorini qöllab-quvvatlab, xavfsizlik qoidalariga amal qilişga çaqirdi.

Taşkilot tahlillariga köra, karantin davrida hukumat masofaviy ta'lim böyiça yaxşi dasturni taklif qildi. Ammo şunga qaramay, öquvçilarning taxminan 10 foizi turli sabablarga köra masofaviy ta'lim bilan qamrab olinmagan. Bundan taşqari, masofaviy ta'limning samaradorligini baholaş ham juda qiyin bölgan.

Şu bois taşkilot maktab va boğçalarning an'anaviy ta'lim şakliga ötganini qöllab-quvvatlamoqda.

«Ta'limdagi yöqotişlarni tiklab oliş juda ham muhim. Şuning uçun Özbekiston hukumatining bolalarni maktabga qaytariş haqidagi qarorini ma'qullaymiz. COVID-19'ning bolalar ta'limiga va psixologik-ijtimoiy holatiga ta'siri katta böldi. Şu nuqtayi nazardan, ota-onalar farzandlarini maktabga yuboriş imkoniyatlarini körib çiqişlari kerak», – deydi YUNISEFning Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade.

«Mamlakat yana bir izolyatsiyani boşdan keçirişiga töğri kelgan taqdirda, hukumat çeklovlarni bekor qilişni boşlaganda maktab va maktabgaça ta'lim taşkilotlari birinçilardan bölib oçilişi lozim. Masofaviy tahsil ololmagan öquvçilar çetda qolib ketmasligi kerak.

Özbekiston bolalari maktab va maktabgaça ta'lim taşkilotlarining yana bir yil yopilişini boşdan keçirişlariga yöl qöyib bölmaydi. Buning oqibatlari şakllanib kelayotgan avlodga, ayniqsa farovonlik darajasi kam bölgan joylarda istiqomat qiluvçi va raqamli tengsizlikni özida his qiluvçilar hayotiga katta ta'sir körsatadi.

COVID-19'ning yangi tölqini ta'lim uzluksizligiga ta'sir körsatmasligi uçun raqamli tengsizlikka barham beriş, ta'limning muqobil variantlarini körib çiqiş va xavfsizlik qoidalariga rioya qiliş lozim», – deyiladi taşkilot press-relizida.