Koronavirus pandemiyasi tufayli köp işlar ortga surildi, töxtab qoldi, şaklini özgartirdi. Ijodkorlar ham bu yil Zominga bora olişmadi. Ammo yurtimiz hududlaridan 58 nafar yoş ijodkorning qölyozmalari seminar uçun bir neça oy davomida saralangan.

«Şu bois bugun – 2020 yilning 6 iyul kuni Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi Jizzax viloyat hokimligi bilan hamkorlikda yoş ijodkorlarning an'anaviy «Zomin qaldirğoçlari» seminarini masofaviy tarzda bölsa-da taşkil etdi», — deb xabar berdi Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi axborot xizmati rahbari Fozil Farhod.
Seminar avvalida bir guruh yozuvçi-şoirlar Adiblar xiyobonida böldi. Ular Alişer Navoiy haykali poyiga gul qöyib, şoir ruhiga hurmat bajo keltirdi. Oçiliş marosimida Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi Sirojiddin Sayyid va Jizzax viloyati hokimi Ergaş Soliyev «Zomin qaldirğoçlari» seminari qatnaşçilarini masofadan turib tabrikladi.
Seminar ayni soatlarda Yozuvçilar uyuşmasida «ZOOM» dasturi orqali onlayn tarzda bölib ötmoqda. Unda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi a'zolari, Jizzax viloyati hokimligi vakillari, yoş ijodkorlar qatnaşmoqda.

Şunisi quvonarliki, bu yil Zomin seminarida ilk bora Markaziy Osiyo mamlakatlaridan ham yoş ijodkorlar iştirok etyapti. Qirğiziston, Qozoğiston, Tojikiston, Afğonistondan 12 nafar qalamkaş şe'riyat yönalişida qatnaşyapti.
Ötkazilayotgan seminarda turli hududlarda yaşab ijod qilayotgan yoş iqtidor egalari aniqlanadi. Ularning ijodi qöllab-quvvatlanadi. Ustoz yozuvçi-şoirlar tavsiyasi asosida eng sara qölyozmalar Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasining «Birinçi kitobim» loyihasiga tavsiya etiladi.
















