Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berişiça, 19 yanvar kuni Xalq deputatlari Yangiobod tumani Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi ötkazildi va unda taşkiliy masala körildi.

Sessiya kun tartibidagi masala böyiça viloyat hokimi Ergaş Soliyev sözga çiqib, Ibrohim Boltayeviç Qarşiboyev nomzodini Yangiobod tumani hokimi lavozimiga tavsiya etgan, deputatlar taklifni ma'qullaşgan.

Ibrohim Qarşiboyev

Bungaça Yangiobod tumani hokimi sifatida işlab kelgan Ikrom Sindaroviç Matiyev Foriş tumani hokimi lavozimiga ötgandi.

Ikrom Matiyev

Ibrohim Qarşiboyev bungaça Zafarobod tumanida hokimlik qilib kelgandi. Zafarobod tumaniga endilikda Jizzax viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça sobiq birinçi örinbosari bölgan Nodir Rajapov rahbarlik qiladi.

Nodir Rajapov

 19 yanvar kuni Mirzaçöl tumani hokimi Komil Xolmurodov Jizzax şahriga hokim etib tayinlandi. U yangi lavozimda Akbar Şukurov örnini egalladi.

Komil Xolmurodov

Komil Xolmurodov örniga Mirzaçöl tumaniga Şerzod Ahmedov yangi hokim etib tayinlangan.