Alibaba Group Holding Ltd asosçisi, xitoylik milliarder Jyek Ma kuz faslidan buyon ilk bor omma oldida köriniş berdi. Bu haqda Xitoy OAVga tayanib The Wall Street Journal va Financial Times xabar qilmoqda.
Xabarda aytilişiça, Jyek Ma çorşanba kuni xayriya tadbirida videoaloqa orqali çiqiş qilgan.
#Alibaba founder Jack Ma Yun @JackMa, the English teacher turned entrepreneur, met with 100 rural teachers from across the country via video link on Wednesday. “We’ll meet again after the [COVID-19] epidemic is over,” he said to them: report pic.twitter.com/oj2JQqZGnI
— Global Times (@globaltimesnews) January 20, 2021
Uşbu tadbir videoyozuvi internetda ham joylaştirildi, deb yozmoqda Bloomberg. Ant Group videoyozuvning haqiqiyligini tasdiqlagan.
Jyek Mani oxirgi marta 24 oktyabrda körişgandi. U öşa kuni Şanhaydagi konferensiyada xalqaro moliyaviy regulyatorlar qoidalari eskirganini aytgan va Xitoy banklarini tanqid qilib, ular «lombardça mentalitet»ga egaligini bildirgandi. Bu unga qimmatga tuşdi. 5 noyabr kuni nazorat paketi Maga tegişli bölgan Ant Group Şanhay va Hongkong birjalarida IPÖni amalga oşirişi kerak edi.
Biroq birjaga çiqişdan ikki kun oldin Xitoy moliyaviy regulyatorlari Ma va Ant Group rahbarlarini suhbatga çaqirgan. Reuters manbasining sözlariga köra, ular bizneslarini töliq tekşiruv kutayotgani töğrisida ogohlantirilgan. Ant Group IPÖsi qoldirildi. Xabarlarga köra, bu boradagi qarorni şaxsan XXR hukumati raisi Si Tszinpin qabul qilgan.
Dekabrda Xitoy regulyatorlari Ant Group’ni şaffof raqobat prinsiplarini va iste'molçilar huquqlarini buzişda aybladi. 24 dekabrda esa Alibaba ustidan tekşiruv boşlangani ma'lum qilindi.
















