Alibaba asosçisi Jyek Maning boyligi miqdori 1,4 mlrd dollarga köpaydi va endilikda Forbes Real-Time ma'lumotlariga köra, 62 mlrd dollar deb baholanmoqda.
Avvalroq milliarder oktyabr oyidan buyon ilk marta omma oldida köriniş bergandi. Internetda joylaştirilgan videoda Ma xitoylik öqituvçilarni va ta'lim tizimini qöllab-quvvatlaşga çaqirgan. Jyek Ma xayriya fondi vakilining aniqlik kiritişiça, biznesmen Xitoy qişloqlaridagi öqituvçilarni qöllab-quvvatlaş dasturi doirasidagi «onlayn-marosim»da iştirok etgan.
Bloomberg agentligining qayd etişiça, Maning videokonferensiyadagi qisqagina çiqişi investorlarning «yengil nafas olişi uçun yetarli böldi»: Alibaba Group’ning bozor qiymati 58 mlrd dollarga oşdi.
Jyek Mani oxirgi marta 24 oktyabrda körişgandi. U öşa kuni Şanhaydagi konferensiyada xalqaro moliyaviy regulyatorlar qoidalari eskirganini aytgan va Xitoy banklarini tanqid qilib, ular «lombardça mentalitet»ga egaligini bildirgandi. Bu unga qimmatga tuşdi. 5 noyabr kuni nazorat paketi Maga tegişli bölgan Ant Group Şanhay va Hongkong birjalarida IPÖni amalga oşirişi kerak edi.
Biroq birjaga çiqişdan ikki kun oldin Ant Group IPÖsi qoldirildi. Xabarlarga köra, bu boradagi qarorni şaxsan XXR hukumati raisi Si Tszinpin qabul qilgan.
Dekabrda Xitoy regulyatorlari Ant Group’ni şaffof raqobat prinsiplarini va iste'molçilar huquqlarini buzişda aybladi. 24 dekabrda esa Alibaba ustidan tekşiruv boşlangani ma'lum qilindi.

















