Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda poyezd ustida selfi qilmoqchi bo‘lgan yigitni 27 ming voltli tok urdi
Toshkentda poyezd ustiga chiqib, selfi qilmoqchi bo‘lgan yigitni 27 ming voltli tok urdi. Bu haqda Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ushbu baxsiz hodisa poytaxtdagi 23-mehribonlik uyining sobiq tarbiyalanuvchisi, o‘n to‘qqiz yoshli N.D. bilan ro‘y bergan.
Bildirilishicha, hozirda bu yigit buvisi P.Z.ning qaramog‘ida bo‘lib, Yunusobod tumanidagi 58-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabida onlayn darslarda qatnashayotgan bo‘lgan.
“Hurmatli ota-onalar, qadrli yoshlar. O‘z farzandlaringiz va yaqinlaringiz taqdiriga aslo befarq bo‘lmang”, - deyiladi ma'lumotda.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning sentabr oyi oxirlarida Toshkentda o‘quvchi “ekstrim-selfi” oqibatida vafot etgandi.
Mavzuga oid
16:44 / 07.02.2026
Toshkent shahri hokimiga yangi o‘rinbosar lavozimi joriy etildi
08:28 / 07.02.2026
Toshkent va Qashqadaryoda yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari musodara qilindi
08:25 / 07.02.2026
Centrum Air'ning Urganch-Toshkent reysiga 12 yo‘lovchi “sig‘may” qoldi
18:57 / 05.02.2026