Iroq armiyasi vakilining aytişiça, terrorçi Bob al-Şarqiy tumanidagi Tayaran maydonidagi sabzavot bozorida özini portlatib yuborgan. Uning sözlariga köra, maxsus xizmatlar terrorçini ta'qib qilişgan, ammo u portlovçi moddani harakatga keltirişga ulgurgan.
Bağdodda xudkuş ijrosidagi terakt sönggi marta 2018 yil yanvarida sodir etilgandi. Sönggi ön yillikda Iroqning tinç aholisiga bu kabi hujumlar uyuştirilişi oqibatida mingdan ortiq kişi halok bölgan.
Hozirgaça biror terrorçi taşkilot Bağdoddagi terakt uçun javobgarlikni zimmasiga olmadi, sönggi yillarda bu kabi hujumlar IŞID a'zolari tomonidan amalga oşirilgan.
«Bu hujum ortida IŞID terrorçilari turgan bölişi ehtimoli yuqori», degan Iroq fuqaro muhofazasi kuçlari qömondoni, general-mayor Kadim Salman. U IŞIDni ifodalaş uçun arabça abbreviaturani qöllagan.
IŞIDga qarşi xalqaro amaliyot boşlanguniga qadar jangarilar Iroq va Suriyada jami 88 ming kv. km maydondagi hududni egallab olişgandi - bu Avstriya yoki Çexiya maydonidan kattaroq. Iroqdagi eng yirik ikki şahardan biri, milliondan ortiq kişi yaşaydigan Mosul va Suriyaning ikkinçi yirik şahri bölgan Raqqa ham uşbu hudud içida qolgandi.
2017 yilda IŞIDning qurollangan otryadlari tor-mor etilgan, ammo kiçik guruhlar yaşirin tarzda faoliyat körsatişda davom etgan.
Şu haftada mamlakat energetika vazirligi ekstremistlar tomonidan infratuzilmalar obektlariga hujumlar uyuştirilgani haqida xabar bergandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda hujum vaqti olingan video tarqalgan, unda xudkuş odamlar töplanib turgan maydonda özini portlatgani aks etgan.
«Assoşieyted Press» agentligi xabariga köra, bu hujum IŞIDning boşqa teraktlarini eslatgan va Iroq hukumati şu hafta oktyabr oyida muddatidan oldingi saylovlar ötkazilişi haqida xabar qilganini eslatgan.

Yangi saylovlar ötkazilişi 2019 yil kuzida korrupsiya va davlat organlari faoliyatiga norozilik sifatida köçalarga çiqqan namoyişçilarning talablaridan biri edi.
Namoyişlar bostirilişi vaqtida kamida 550 kişi halok bölgan. Lekin namoyişçilar boş vazir iste'foga çiqişiga, şuningdek, 2020 yilda hukumat namoyişlar vaqtida halok bölganlarning oila a'zolariga tovon puli tölaşni va'da qilişga erişgandi.

















