2021 yil 14 yanvarda Markaziy bankning «Bank xizmatlari iste'molçilari bilan özaro munosabatlarni amalga oşirişda tijorat banklarining faoliyatiga qöyiladigan minimal talablar töğrisidagi nizomga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida»gi qarori Adliya vazirligida röyxatdan ötkazilganligi ma'lum qilindi

Hujjatga muvofiq, bank mijozlarga masofaviy xizmat körsatganda, (masalan, mobil  ilovalar orqali) şartnoma tuzilişidan oldin, masofaviy tizim orqali şartnoma şartlari bilan tanişib çiqiş va undan nusxa oliş imkoniyatini yaratib berişi lozim.

Bundan taşqari, bank xodimi öz xizmat vazifasini bajarişi davomida omonatçiga zarar yetkazsa, bunday holatda bank omonatçi oldida öz xodimining harakatlari uçun javobgarligi belgilab qöyildi.

Şuningdek, iste'molçi omonat mablağlari haqida bankka bormasdan ma'lumot olişini ta'minlaş maqsadida bank özining internet-banking tizimida va mobil ilovasida iste'molçi uçun şaxsiy kabinet yaratişi va iste'molçiga uning şaxsiy kabinetida u bilan tuzilgan omonat şartnomalariga doir ma'lumotlardan foydalaniş imkoniyatini ta'minlab berişi şartligi ma'lum qilindi.

Avvalroq, Kun.uz saytida «Turonbank»ning Zangiota filiali tomonidan fuqarolar Ziyoda va Fotima Musaxöjayevalarning 100 ming AQŞ dollari miqdoridagi omonat pullari sudning qonuniy kuçga kirgan hal qiluv qarori bölişiga qaramay, qaytarilmayotgani haqida maqola e'lon qilingandi.

«Turonbank» Respublika boşqaruvi maqolaga munosabat bildirib, omonat mablağini bankning 2009–2010 yillarda işlagan sobiq xodimi firibgarlik yöli bilan egallagan, deb hisoblaşini va bunga işonişini, şu bois mazkur masala Zangiota tuman prokuraturasi tomonidan olib borilayotgan qöşimça tergov harakatlari yakunlangandan söng ommaviy axborot vositalarida muhokama qilinsa, maqsadga muvofiq bölişini ta'kidlagandi.

Keyinçalik, Majburiy ijro byurosi Jamoatçilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bölimi boşliği Farrux Toşpölatovning Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, ijro hujjatlari doirasida 2020 yil 3 dekabr kuni undiruvçilar Z.Musaxöjayevaning foydasiga 425 million 678,5 ming söm va F.Musaxöjayevaning foydasiga 425 million 678,5 ming söm, jami 851 million 357 ming söm miqdoridagi mablağ ATB «Turonbank» Zangiota filialidan töliq