Örganiş yakunlari böyiça 19 yanvar kuni Buxoro davlat universitetida ötkazilgan yiğilişda viloyatdagi pedagoglarning attestatsiya jarayonlarida qayd etayotgan natijalari bu boradagi yutuq va kamçiliklar ham muhokama qilindi.

Ma'lum qilinişiça, sönggi uç yilda viloyat maktablaridagi oliy toifali pedagoglar soni ikki barobarga oşgan. Bugungi kunda viloyat maktablarida işlayotgan jami 26 ming 145 nafar oliy ma'lumotli öqituvçilarning 1 716 nafarini (6 foiz) oliy toifali öqituvçilar taşkil etadi. 2018 yilda uşbu körsatkiç 2,6 foizni taşkil etardi. Şuningdek, öqituvçilarning 5 044 nafari (17,7 foizi) birinçi toifali, 8 461 nafari (29,6 foiz) ikkinçi toifali öqituvçilar hisoblanadi. Bu respublika miqyosida boşqa hududlarga qaraganda yaxşiroq körsatkiç sanaladi.

Tadbirda sözga çiqqan Ta'lim inspeksiyasi boşliği Uluğbek Taşkenbayev qanday qilib viloyatda oliy toifali öqituvçilar uluşi qisqa muddatda oşganiga izoh berib ötdi.

«Örganiş davomida viloyatdagi malakali öqituvçilar tomonidan nodavlat malaka oşiriş kurslari taşkil etilib, u yerda öqituvçilarga toifa sinovlariga tayyorgarlik böyiça kurslar taşkil etilganiga guvoh böldik. Öqituvçilar hududiy malaka oşiriş markazida ololmagan bilimlarini aynan şu kurslarda olişgan va bu kurslarning natijadorligi öqituvçilar tomonidan keng e'tirof etilmoqda. Bu yana bir bor pedagoglar malakasini oşirişga xususiy sektorni keng jalb etiş taşabbusi töğriligining yana bir isbotidir», dedi Ta'lim inspeksiyasi boşliği.

Yiğilişda xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş hududiy markazi faoliyatida mavjud muammolarga ham töxtalib ötildi.

Xususan, markazda öqituvçining malaka oşirişdan keyingi faoliyatini örganiş va tahlil qilişning mukammal elektron portfolio tizimi işlab çiqilmaganligi, kimyo, biologiya va fizika fanlaridan öquv-laboratoriya jihozlari bilan ta'minlanmaganligi, amaliy fanlar (texnologiya, tasviriy san'at va çizmaçilik, musiqa)dan tinglovçilar uçun amaliy maşğulotlarni ötkaziş uçun jihozlar mavjud emasligi, aksariyat tinglovçilarning minimum talab darajasida AKTdan (40-50 foiz) foydalanişni va çet tilini (80-90 foiz) bilmasligi malaka oşirişni samarali taşkil etiş imkonini bermayotgani ta'kidlandi.

Öz navbatida, Ta'lim inspeksiyasi boşliği uşbu markazga yangi rahbar tayinlangani va yuqoridagi kamçiliklarni bartaraf etiş uçun harakatlar boşlanganini ta'kidlab ötdi.