Nashrning ma'lum qilishicha, ushbu loyiha Madaniyat vazirligi va Maktabgacha ta'lim vazirligi o‘rtasida imzolangan memorandum asosida amalga oshirilishi kutilmoqda.

Madaniyat vazirligi maktabgacha ta'lim muassasalari uchun maqom kuylaridan saralangan maxsus musiqiy to‘plam yaratgan.

«Bolalarni maqom kuylari bilan muntazam bahramand etish rejalashtirilgan», - deyiladi xabarda.

Ta'kidlanishicha, bolalarga ularning tushlik dam olish vaqtlarida belgilangan me'yor asosida maqom kuylari qo‘yib beriladi.