Joriy yilning 25 yanvar kunidan boşlab Chevrolet Tracker krossoveri örnini yangi avloddagi Tracker egallaydi. Bu haqda «Özavtosanoat» xabar bermoqda.
Yangi Tracker panorama lyuk, LED çiroqlar va 8 dyuymlik sensorli ekranga ega bölgan audiotizim bilan jihozlangan.
Maşinaning texnik xususiyatlari quyidagiça:
- zamonaviy uç silindrli ECOTEC turbomotor;
- aralaş sikldagi yoqilği sarfi 5,5 l/100 km, quvvati 123 ot kuçi;
- 6 poğonali avtomatik uzatmalar qutisi;
- kalitsiz salonga kiriş va dvigatelni işga tuşiriş;
- yonilği sarfini tejaşga möljallangan «STOP-START» intellektual tizimi;
- yangilangan va katta hajmli yukxona.
Yangi Tracker’ning narxi boşlanğiç komplektatsiyada 145 mln sömdan boşlanadi. LT komplektatsiya esa - 193 043 478 söm.
Kompaniya narxlarni qöşimça qiymat soliğisiz (QQS) körsatgan.
Qöşimça qiymat soliği bilan hisoblaganda bazaviy komplektatsiya 166,9 mln sömga tuşadi, LT komplektatsiyasi QQS bilan 222 mln sömni taşkil etadi.





















