Davlat aktivlarini boşqariş agentligi Toşkent viloyati hududiy boşqarmasi «Orzu» dam oliş maskanini onlayn auksionga qöydi. Auksionda iştirok etiş uçun arizalar joriy yilning 1 fevral sanasigaça qabul qilinişi belgilangan. 

Auksion 3 fevral kuni binoning boşlanğiç narxi 1 söm qiymatida narxlarning oşib borişi tartibida ötkazilişi közda tutilgan.

Ma'lum qilinişiça, inşootni xarid qilgan mulkdorga xarid qilingan kundan boşlab 24 oy davomida 4 milliard söm investitsiya kiritiş va 30 ta yangi iş örinlarini yaratiş majburiyati yuklatilgan. Inşootning umumiy maydoni 4,5 gektarni taşkil qiladi.

Binoni xususiylaştiriş uçun xuquqiy asos sifatida prezidentning 2020 yil 7 dekabrdagi 4916-sonli qarori körsatilgan.

Ma'lumot uçun, oldi-sotdi auksionida ğolib çiqqan odam 10 kun muddatda belgilangan tölovni amalga oşirib şartnoma rasmiylaştirilmasa, avtomatik tarzda ğolibdan keyingi iştirokçiga tasdiqlagan narxi böyiça mazkur obekt böyiça oldi-sotdi şartnomasini tuziş taklifi beriladi.