Özbekistonda yoşlar muammolarini örganiş böyiça respublika işçi guruhi öğil-qizlarning takliflarini «mahallabay» örganmoqda.

Prezident Şavkat Mirziyoyevning sözlariga köra, bugungi kunga qadar poytaxt va 6ta viloyatda 50 mingga yaqin yoşlar bilan muloqot ötkazilgan.

«Bildirilgan taklif va istaklar asosida tuman va şaharlar kesimida yoşlar dasturlari tasdiqlandi. Uşbu dasturlarning ijrosi hamda yoşlarning ijtimoiy muammolarini tizimli örganiş va muvofiqlaştiriş vazifasi Davlat xavfsizlik xizmatiga yuklatildi», – dedi davlat rahbari 27 yanvar kungi selektorda.

Prezidentning qayd etişiça, vazifaning muhimligi inobatga olinib, DXX yoşlar muammolari böyiça rejalarning joylarda amalga oşirilişini nazorat qiladi. Bu rejalar bajarilişiga kömaklaşadi va lozim paytda mas'ullarga bajartiradi ham.