Joriy yilning 20 yanvar kuni Kattaqörğon şahrida 16 yoşli maktab öquvçisi P.E.ga nisbatan jinsiy tajovuz qilingani haqida tahririyatga murojaat kelib tuşdi. Qizning qarindoşlari 10 yanvardan beri P.E. bedarak ketib, topilmayotganini ma'lum qilgandi.

Samarqand viloyat IIB P.E.ni qidiriş böyiça keng qamrovli tezkor-qidiruv tadbirlari olib borilayotganini bildirgan.

Bugun, 29 yanvar kuni, viloyat IIB axborot xizmati qiz topilganini ma'lum qildi. 

«Samarqand viloyati Içki işlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida P.E. Navoiy viloyati hududidan topilib, uyiga qaytarildi», deyiladi IIB xabarida.

IIB vakillari ayni vaqtda qizning soğ-salomat ekanligini bildirmoqda.