Davlat statistika qömitasi 2020 yilning yanvar-dekabr oylarida Respublikaning qişloq, örmon va baliqçilik xöjaligi mahsulotlarining iqtisodiyotdagi uluşi haqida ma'lumot berdi.

Ma'lumotga köra, 2020 yilning yanvar-dekabr oylari davomida qişloq, örmon va baliqçilik xöjaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 260,3 trillion sömni taşkil etgan va 2019 yilning mos davriga nisbatan 3 foizga ösgan. Mos ravişda soha 2019 yilda 3,1 foiz ösişga erişgan edi. Şunday bölsa-da, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxining ösişi davom etmoqda.

Ötgan yil davomida qişloq xöjaligining ösişi 2,9 foiz, baliqçilik xöjaligining ösişi 19,8 foiz, örmon xöjaligining ösişi 1,7 foizni taşkil etgan.

Qömita ma'lumotlariga köra, 2020 – yilning yanvar-dekabr oylarida tarmoqning ijobiy ösiş sur'atiga asosan quyidagi mahsulotlarning 2019 yilning mos davriga nisbatan yuqori ösiş sur'ati qayd etilganligi orqali erişilgan.

  • Göşt (tirik vaznda) — 2,1 foiz
  • Sut — 2,8 foiz
  • Tuxum — 0,7 foiz
  • Don va dukkakli don ekinlari — 1,7 foiz
  • Sabzavotlar — 2,4 foiz
  • Oziqbop poliz ekinlari — 3,2 foiz
  • Mevalar va rezavorlar — 4 foiz
  • Uzum — 2,2 foiz
  • Ovlangan baliq — 18,4 foiz

Hududlar kesimida eng köp qişloq xöjaligi mahsulotlari Samarqand (33,6 milliard sömlik, umumiy hajmning 12,9 foizi), Andijon ( 27,1 milliard sömlik,  umumiy hajmning 10,4 foizi ) va Toşkent (25,8 milliard sömlik,  umumiy hajmning 9,9 foizi ) yetiştirilgan. Şuningdek, 2020 yil davomida eng yuqori ösiş sur'atlari Surxondaryo (5,6 foiz), Farğona (4,8 foiz), Namangan (3,8 foiz) viloyatlarida qayd etilgan.

Ma'lumot uçun, 2020 yilda YaIM da qişloq, örmon va baliqçilik xöjaligining uluşi 28,2 foizni taşkil etgan.

2020 yilda respublika yalpi içki mahsuloti (YaIM)ning ösiş sur'ati 1,6 foizni taşkil qilgan.