«Bugungi kunda Özbekiston Respublikasi Jazoni ijro etiş tizimi tasarrufida 27 ming 500 nafar mahkum jazoni ötamoqda. Bu ma'lumotlar oçiq bölib, bemalol ularni e'lon qiliş mumkin.

Jazoni ötayotganlarning köp qismi oğir va öta oğir jinoyat sodir etgan mahkumlardir. Ularning jinoyatlar tasnifiga e'tibor beradigan bölsak, öta oğir jinoyatlarga köproq odam öldiriş, giyohvandlik, firibgarlik va bosqinçilik boğliq jinoyatlar birinçi marotaba sudlanganlar bilan köproq uçraydi. Boşqa muqaddam sudlanganlar bilan esa köproq öğrilik şunga öxşaş oğir turdagi jinoyatlar köpligini aytişimiz mumkin» – deya Jamşid Sultonovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Tadbirda ma'lum qilinişiça, 2021 yilning 1 yanvar holatiga köra probatsiya bölinmalarida 57 ming 36 nafar şaxs nazoratda turibdi.

Ayni paytda Özbekistonda 43 ta jazoni ijro etiş muassasasi va 11 ta tergov hibsxonasi mavjud. Jazoni ijro etiş muassasalarining 18 tasi yopiq turdagi koloniya va 25 tasi manzil-koloniya hisoblanadi.

Jazoni ijro etiş tizimidagi koloniyalarning siğimiga nisbatan saqlanayotgan şaxslar 56,4 foizni, böş örinlar 43,6 foizni taşkil qiladi.

Avvalroq IIV mulozimi Özbekistonda 2016 yildan mahkumlarning ibodat qilişlari uçun ruxsat berilgani hamda ayni damda mahkumlarning onlayn oliy ta'lim olişlariga imkon beruvçi qaror loyihasi tayyorlanayotganini aytib ötgan edi.