Boşqarma ma'lumotiga köra, ikki nafar şaxs tumandagi 9-umumta'lim maktabiga borib, qozonxonani tekşirgan va maktab direktoridan 200 ming söm pul söragan. Özini «pojarniy»dan deb taniştirgan bu şaxslar leytenant va serjant darajalarini anglatuvçi soxta pagon taqilgan kiyimda bölgan.

Payariq tuman favqulodda vaziyatlar bölimi vakilining ma'lum qilişiça, tumandagi 8-maktab direktori ham bölimga murojaat qilib, taşkilotiga «MÇS» xodimlari kelib 300 ming söm pul talab qilganini aytgan. Tuman FVB xodimlari voqea joyiga borganida, soxta öt öçiruvçilar ketib qolgan. Ammo oradan bir neça soat ötib, Taraqqiyot mahallasidagi 28-MTM hududida yana maxsus formadagi şaxslar köriniş bergan.

Ular özlarini «Jasorat» yonğinga qarşi kuraş jamiyati nazoratçisi deb taniştirgan. Bu şaxslar taqdim etgan guvohnomada korxonadagi lavozimi inspektor deb körsatilgan.

Korxona rahbarlari esa xuddi şu şaxslar özlarini FVB yonğin xavfsizligi bölimi vakillari deb taniştirganini ma'lum qilgan. Bu şaxslar hatto dalolatnoma töldirgan. Holat yuzasidan tuman FVB vakillari tomonidan tegişli taşkilotlarga taqdim etiş uçun kerakli dalillar töplanayotgani ma'lum qilindi.

Samarqand viloyat favqulodda vaziyatlar boşqarmasi mas'ullari keyingi vaqtlarda özini FVB xodimi deb taniştirgan, taşkilotlar hamda fuqarolarning xonadonlariga borib «tekşiriş» ötkazayotgan şaxslar haqida ma'lumotlar kelib tuşayotganini ma'lum qildi.