Agentlik xabariga ko‘ra, ushbu standart quyidagilarni qamrab oladi:
- davlat xizmatlari markazlari faoliyati ustidan nazorat;
- davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida davlat organlari faoliyatini nazorat qilish;
- xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy tashkilotlardan xayriya ehsonlari va homiylik mablag‘larini olish va sarflash, jismoniy va yuridik shaxslarning badallari, shuningdek grantlarni qabul qilish va sarflash;
- DXM binolarini investor mablag‘lari hisobidan qurilishini tashkil etish.
Agentlikda korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens tizimi 2019 yil yakunidan e'tiboran joriy etila boshlangan.

KPMG xalqaro kompaniyasi tomonidan 2019 yil noyabr-dekabr oylarida agentlik tizimida mavjud korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash ishlari olib borilgan.
BMT Taraqqiyot dasturi va KPMG mutaxassislarining ko‘magida quyidagi hujjatlar tasdiqlangan:
- Davlat xizmatlari agentligida korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy yo‘nalishlari;
- DXA xodimlarining rasmiy xulq-atvor va odob-ahloq normalari to‘g‘risidagi qo‘shimcha nizom;
- agentlikda manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish tartibi;
- agentlik tizimiga aloqa kanallari orqali kelib tushadigan murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi.
Agentlikka korrupsiyaga aloqador murojaatlarni quyidagi kanallar orqali yo‘llash mumkin:
- 1148 raqamli «ishonch telefoni»;
- Adliya vazirligining "@anticorbot" Telegram-kanali yoki Agentlikning "@davxizmataloqa_bot" Telegram-kanali;
- agentlikning Facebook'dagi sahifasi;
- elektron pochta orqali ([email protected], [email protected] );
- bevosita agentlik direktoriga;
- DXA umumiy telefon raqami yoki agentlik veb-saytida ko‘rsatilgan bo‘limlar / hududiy boshqarmalar rahbarlarining telefonlari;
- DXA markaziy apparati yoki hududiy boshqarmalar devonxonasi orqali.
Shuningdek, agentlikda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas'ul xodim belgilangan; agentlik rasmiy saytida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tashkil etilgan.















