Innovatsion rivojlanish vazirligi «britancha shtamm»ni aniqlash jarayoni bo‘yicha ma'lumot berdi
Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi direktori o‘rinbosari, professor Alisher Abdullayev koronavirusning britancha shtammini aniqlash jarayoni haqida ma'lumot berdi.
«Britancha shtammni genetik aniqlash jarayoniga taxminan 5 kun vaqt sarflandi. Bu jarayon ancha murakkab bo‘lib, har bir bosqichini alohida nazorat qilish talab etiladi. Ta'kidlash joizki, ushbu usul, ya'ni maxsus praymerlar markazimiz olimlari tomonidan mustaqil ravishda yaratilgan.
Shu kungacha markazimiz tomonidan «Britaniya shtammi» mavjudligi ehtimoli bo‘lgan COVID-19 virusi aniqlangan 33 nafar bemorning burun bo‘shlig‘idan olingan surtmalar tekshirildi. Birinchi bosqichda barcha taqdim etilgan namunalarning koronavirus RNKsi DNK shaklga o‘tkazildi. Sababi, virus RNK shaklda bo‘lib, u bilan ishlash uchun uni avval DNK shaklga o‘tkazish talab etiladi.
Ikkinchi bosqich – Real Time PCR reaksiyasi yordamida «britancha shtamm»ning marker mutatsiyasi skriningi o‘tkazildi. Bu usul ham olimlarimiz tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, ilk bor real bemorlar tahlilida qo‘llandi. Bir paytning o‘zida bu usulni optimallashtirishimizga to‘g‘ri keldi va bir qator takror tajribalar o‘tkazib, xatoga yo‘l qo‘ymaganimizni tekshirdik. Aynan mana shu bosqichda biz shubhali namunani aniqladik, ammo mazkur namunada «britancha shtamm»ga xos bo‘lgan qator boshqa mutatsiyalar ham mavjud ekaniga ishonch hosil qilishimiz kerak edi.
So‘ngra namunani sekvenlashga (genlarning DNK ketma-ketligini aniqlashga) tayyorladik. Buning uchun koronavirus genomi uchastkalari sun'iy sharoitda ko‘paytirilib, tozalanadi. Bu eng qiyin jarayon hisoblanadi, negaki bir qator reaksiyalar qo‘lda amalga oshiriladi. Keyin esa DNKning qayta ishlangan va tayyorlangan bo‘laklari apparatga – sekvenatorga joylanadi va bevosita genetik tahlili qilinadi.
Sekvenlash ishlari SeqStudio (Applied Biosystems, USA) gen analizatorida amalga oshirildi. Mazkur uskuna markazimiz tomondan bir necha oy avval aynan koronavirusning genetik ketma-ketligini aniqlash maqsadida xarid qilingandi, ilk natijalar o‘tgan yil yozda e'lon qilingandi. «Britancha shtamm»ni aniqlash uchun virus shtammining ORF1ab kodlangan hududi mutatsiyalari va S geni mutatsiyalari maqsadli uchastka sifatida tanlab olindi.
Shu o‘rinda biz bitta emas, balki har bir mutatsiya uchun alohida tahlillar o‘tkazganimizni ta'kidlash joiz. Bu sinovlar ilk bora amalga oshirilayotgani uchun xatoga yo‘l qo‘ymaslik o‘ta muhimligini e'tiborga olish lozim.
Va so‘nggi bosqich, bu – natijalarni kompyuterda qayta ishlab, xalqaro ma'lumotlar bazasidagi ketma-ketliklar bilan solishtirish bo‘ldi. «Britancha shtamm»ga xos qator mutatsiyalar mavjudligi tasdiqlanganidan keyingina ma'lumotlar Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etildi», deyiladi Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati ma'lumotida.
- O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi 30 yanvar kuni mamlakatda ilk bor koronavirusning yangi shtammi aniqlangani haqida xabar berdi. Yangi shtamm Dubaydan 23 yanvar kuni mamlakatga qaytgan oilaning 10 yashar farzandida aniqlangan.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bryanskda yo‘lovchi poyezd ustiga ko‘prik quladi. Qurbonlar bor
Jahon | 05:14
-
«PSJ» finalda «Inter»ga 5 ta gol urdi
Sport | 01:49
-
Mashhurlar ishtirokidagi futbol turnirida janjal uyushtirganlardan biri 10 sutkaga qamaldi
Sport | 01:30
-
“G‘arbiy Sibirni o‘zbeklar boshqargan” – tahlilchilar Rossiyada ko‘tarilgan shov-shuv haqida
Jahon | 22:40 / 31.05.2025
Mavzuga oid

12:27 / 24.11.2022
“Ziyoli qatlam ustidagi tajribalarda ehtiyotkorlik lozim”. Mutaxassislar – doktorantura qabulidagi beqarorlik haqida

10:54 / 17.11.2022
Doktoranturadagi alg‘ov-dalg‘ov: imtihon natijalari bekor qilinishi ortida moddiy manfaat yotibdi(mi?)

17:10 / 01.05.2022
Ibrohim Abdurahmonov oliy ta’lim mussasalaridagi yangi prorektorlik lavozimi qanday natija keltirayotgani haqida gapirdi

13:55 / 25.07.2021