Milliarder Jyek Ma Shanghai Securities News davlat işbilarmonlar gazetasi e'lon qilgan Xitoyning yetakçi tadbirkorlari röyxatiga kiritilmadi. Bu haqda Bloomberg yozmoqda.
Alibaba asosçisi örniga gazetaning birinçi sahifasidan uning «asosiy raqibi», Tencent rahbari Ma Xuaten joy oldi, deya qayd etadi agentlik. Röyxatga şuningdek, Huawei asosçisi Jyen Çjenfey, Xiaomi rahbari Ley Tszyun va BYD prezidenti Van Çuanfu kiritilgan.
Shanghai Securities News gazetasida Jyek Maning nomi tilga olinmasligi u va mamlakat hukumati örtasidagi nizo davom etayotganligini bildiradi, deb yozadi Reuters. Röyxat Alibaba çoraklik hisobotini e'lon qiladigan kunda e'lon qilindi.
Jyek Ma oktyabrda Şanhaydagi konferensiyada xalqaro moliyaviy regulyatorlar qoidalari eskirganini aytgan va Xitoy banklarini tanqid qilib, ular «lombardça mentalitet»ga egaligini bildirgandi.
5 noyabr kuni nazorat paketi Maga tegişli bölgan Ant Group Şanhay va Hongkong birjalarida IPÖni amalga oşirişi kerak edi. Biroq birjaga çiqişdan ikki kun oldin Xitoy moliyaviy regulyatorlari Ma va Ant Group rahbarlarini suhbatga çaqirgan. Reuters manbasining sözlariga köra, ular bizneslarini töliq tekşiruv kutayotgani töğrisida ogohlantirilgan.
Ant Group IPÖsi qoldirildi. Xabarlarga köra, bu boradagi qarorni şaxsan XXR hukumati raisi Si Tszinpin qabul qilgan.
Dekabrda Xitoy regulyatorlari Ant Group’ni şaffof raqobat prinsiplarini va iste'molçilar huquqlarini buzişda aybladi. 24 dekabrda esa Alibaba ustidan tekşiruv boşlangani ma'lum qilindi.
Oxirgi marta oktyabrda omma oldida köringan Jyek Ma uç oydan söng – yanvar örtalarida köriniş berdi. U Jyek Ma 20 yanvar kuni xayriya tadbirida videoaloqa orqali çiqiş qilgan.

















