Davlat statistika qömitasi ma'lumotlariga köra, 2020 yilda Özbekistonga xorijdan 131ta elektromobil import qilingan, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Mos ravişda 2019 yilda 39ta, 2018 yilda esa 13ta elektromobil olib kelinganligi qayd etilgan.
Ötgan yil davomida elektromobillar quyidagi davlatlardan import qilingan:
- Xitoydan – 92ta
- Janubiy Koreyadan – 13ta
- Gruziyadan – 7ta
- AQŞdan – 5ta
- Germaniyadan – 5ta
- Boşqa davlatlardan – 7ta
Ta'kidlanişiça, 2020 yilda import qilingan elektromobillar uçun 2,9 million AQŞ dollari sarflangan.
Avvalroq, Özbekistonda «Labo» avtomobili bazasida elektromobil yaratiş loyihasi amalga oşirilayotganligi ma'lum qilingandi. «Labo» elektromobilining boşlanğiç tannarxi 10 ming AQŞ dollari atrofida bölişi közda tutilgan.
Şuningdek, Farğona viloyatida 2022 yilning 1 oktyabridan narxi 3 ming dollarga töğri keladigan elektromobillar işlab çiqariş möljallangani haqida xabar berilgandi.












