TEXNOPARK qarzdorlik tölanganidan söng Ōsten elektron gaz hisoblagiçlarini qayta yoqiş böyiça qisqa yöriqnomani taqdim etadi.

Oldinroq ijtimoiy tarmoqlarda elektron gaz hisoblagiçlarning körsatkiçlarini özgartiriş yoki kamaytirişni taklif etayotgan firibgarlar haqida xabarlar tarqaldi. Ayni paytda ASKUG doirasida respublika böylab örnatilgan Ōsten gaz hisoblagiçlarida bunday işlarni texnik jihatdan amalga oşirib bölmaydi. Iste'molçilar hisoblagiçdan ötgan gaz miqdori uçun tölov amalga oşiradi.

Foydalanuvçilarning xavfsizligini ta'minlaş maqsadida uşbu hisoblagiçlarni masofaviy tarzda boşqalar tomonidan işga tuşirib bölmaydi. Uni faqat boşqarib böladi.

Şuning uçun iste'molçi şaxsan özi şaxsiy telefoniga kelgan maxsus kodni kiritişi kerak. Şu orqali aqlli hisoblagiç faollaştiriladi gaz uzatiş qayta tiklanadi.

TEXNOPARK qarzdorlik tölanganidan söng Ōsten elektron gaz hisoblagiçlarini qayta yoqiş böyiça qisqa yöriqnomani taqdim etadi.

Hozirgi kunda gazdan qarzdorligi bölgan xonadonlarning elektron gaz hisoblagiçlarini masofadan turib öçiriş işlari olib borilmoqda. Qarzdorlarning elektron gaz hisoblagiçlari maxsus klapan orqali öçiriladi.

Qarzdorlik böyiça tölov ötkazilganidan söng, iste'molçiga maxsus kod yuboriladi. Maxsus kod kelgandan söng, uni elektron gaz hisoblagiçiga kiritiş kerak böladi. Şundan söng xonadonga gaz qaytib keladi. Yaqinlarning va şaxsiy xavfsizlikni ta'minlaş maqsadida hisoblagiçni işga tuşirişdan avval xonadondagi uskunalarda (gaz peçi, gaz jömraklari) gaz öçirilganini tekşiriş şart. Uşbu jarayon elektron gaz hisoblagiçlarining yöriqnomasida (pasport) ham töliq tuşuntirilgan.

Agar yöriqnomada berilgan ma'lumot barça savollaringizga javob bermasa yoki klapanni oça olmagan bölsangiz, TEXNOPARKning maxsus veb-sahifasida joylaştirilgan videoyöriqnoma orqali kerakli ma'lumotlarni olişingiz mumkin.

Şuningdek, elektron gaz hisoblagiçlarida nosozliklar yuzaga kelsa yoki savollar tuğilganda, 104 yoki +(998) 71−210−70−70 telefon raqami orqali Texnoparkning aloqa markazi bilan boğlaniş mumkin.