Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangiyo‘ldagi maktabda shift ko‘chib tushishi oqibatida ikki nafar o‘quvchi jarohatlandi
Yangiyo‘lda joylashgan 6-maktabdagi sinfxonalardan birida shift ko‘chib tushishi holati yuz berdi. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida ikki nafar o‘quvchi jarohatlanib, ularga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Ma'lum qilinishicha, mazkur maktabdagi mukammal ta'mirlash ishlari 2019 yilda Toshkent viloyati buyurtmasiga asosan viloyatga ajratilgan qo‘shimcha 3,3 mlrd so‘m mablag‘ evaziga "Ahmadxoji al-Avaz" MChJ tomonidan amalga oshirilgan.
Ayni damda shahar hokimining topshirig‘iga ko‘ra shahar prokuraturasi, xalq ta'limi bo‘limi mudiri, qurilish tashkiloti bilan birgalikda maktab shift qismlarining chidamliligi qayta tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.
“Kelgusida bu kabi noxush holatlarning oldini olish maqsadida viloyatlardagi qurilish bo‘yicha barcha mutasaddilar hamda quruvchi tashkilotlardan maktablardagi qurilish va ta'mirlash ishlariga mas'uliyat bilan yondashishni, uning sifat jihatiga alohida e'tibor bergan holda, maktabni kelgusida bolalar ekspluatatsiyasi uchun xavfsiz holda topshirishni so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
10:20 / 15.09.2025
Yangiyo‘ldagi to‘yxonada mushtlashuv uyushtirganlar ushlandi
11:54 / 12.09.2025
Yangiyo‘ldagi to‘yxonada mushtlashuv sodir bo‘ldi
18:12 / 03.09.2025
Chumchuq go‘shtidan kabob tayyorlagan choyxona rahbariga chora ko‘rildi
19:10 / 11.06.2025