Sudda ichki dorixona faoliyati va COVID-19'dan ekspress-testlar yuzasidan guvohlar ko‘rsatmalari tinglandi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Shuningdek, L.Seijyelova va N.To‘rayeva moliyaviy ayblovlar bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
Sud majlisiga kelmagan guvohlarning tergov davrida berilgan ko‘rsatmalarini sud raisi o‘qib eshittirdi.
Shuningdek, yangi ochilgan holatlar yuzasidan sudga qo‘shimcha guvohlar jalb etilishi bo‘yicha iltimosnoma kiritildi.
Sud 2021 yil 8 fevralga qadar tanaffus e'lon qildi.






