Adliya vazirligi xabariga köra, mazkur fond:

Alişer Navoiy hayoti, yuksak insonparvarlik ğoyalari va ilmiy-adabiy merosini respublikada va xalqaro miqyosda keng örganadi hamda tarğib qiladi;

Alişer Navoiy asarlarini xorijiy tillarga tarjima qilib, mukammal ilmiy naşrlar yaratadi hamda ularni respublikada va çet ellarda naşr etadi;

Alişer Navoiyning ilmiy-adabiy merosini tadqiq etayotgan adib va olimlar faoliyatiga kömaklaşadi.

Qaror bilan şuningdek, fond Vasiylik kengaşi tarkibi hamda fond tuzilmasi ma'qullandi.