Kosmetologiya olami şunçalik ilgarilab ketdiki, kampirni qöğirçoqday hurliqoga aylantirib qöyişga-da qodir. Bugungi kunda modaga aylanib ulgurgan lab va yuzni şişirib, öziga xos şakl beruvçi botoks, filler haqida eşitmaganlar kam bölsa kerak. Yuz qarişini sun'iy töxtatuvçi vitaminlar qabul qilganlar ham uçrab turadi. Xöş, bu vositalar nimasi bilan ayollarni öziga jalb etmoqda?

Botoks, filler va boşqalar haqida qisqaça

Botoks – bu yuzdagi ajinlarni yöqotiş va labni şişiriş uçun yuz muşaklariga yuboriladigan neyrotoksin. Uşbu preparat muşaklarni böşaştiradi va terini tekislaydi. Botoks dinamik ajinlar paydo bölişini kamaytiradi, terining silliq va yoş körinişiga yordam beradi. Jarayon jarrohlik usulida emas, ambulator şaroitda qisqa vaqt içida amalga oşiriladi.

Filler ham yuzdagi ajinlarni yöqotişga xizmat qiladigan in'yeksion neyrotoksindir. Filler inglizçadan “töldiruvçi” deb tarjima qilinadi va öz nomiga köra teridagi ajinlar örnini töldiradi.

“3-4 oylik kosmetologiya kurslarini tamomlaganlar botoks, filler va boşqa in'yeksion muolajalarni bajara olmaydi”

Kosmetolog Dildora Nuriddinova:

“Lab sohasiga filler işlatilsa, yuzdagi ajinlarni yöqotiş uçun botoksdan foydalaniladi. Filler mikromineral, vitaminlar, gialuron kislotasidan iborat. Botoks tarkibida toksin moddasi bölgan, şör suv (fizrastvor) bilan qöşib işlatiladigan kukun hisoblanadi. Botoks ajinlarni “yoyiş”, muşaklarni vaqtinça qotirib qöyiş uçun işlatiladi.

 Kosmetolog tomonidan notöğri preparat tanlansa yoki mijoz tomonidan amaliyotdan keyin taqiqlangan harakatlar qilinsa, bu nojöya ta'sirlarni keltirib çiqarişi mumkin. Muolajadan keyin mijoz amal qilişi kerak bölgan şartlar bor. Ma'lum muddat davomida mijoz kosmetolog maslahatiga rioya qilişi kerak böladi.

Yuzga vitamin yuboriş muolajasi ham mavjud. Uşbu usul 30 yoşdan oşgan ayollarga yuzdagi kollagen moddasi miqdori kamayişi sababli yuboriladi. Kollagen kamayişi oqibatida yuz terisi qurişi, husnbuzar, ajinlar paydo bölişi kuzatiladi. Vitaminlar teri namligini ta'minlab beradi. Qabulimga kelgan mijozga muolajani qöllaşdan oldin avval uning yoşi, yuz körinişi, umumiy holatini örganib çiqaman. Agar uşbu muolajalarga ehtiyoj bölmasa, muolajani maslahat bermayman.

 Lab, yuzni şişirişda yoş toifasi belgilangan. Hozirgi kunda yoş qizlar orasida labni şişiradigan fillerga qiziqiş kuçaymoqda. Lekin 20-21 yoşdan kiçik xotin-qizlarimizga bu muolaja tavsiya etilmaydi. Botoks esa 25-30 yoşdan boşlab qilinadi. Uşbu muolajalarni har 3-6 oyda oliş tavsiya qilinadi. Botoks, filler, yuzga vitamin yuboriş narxlari qanday sifatdagi, turdagi preparatlar qöllanilişiga qarab özgaradi. Mijozlarim uçun yuzga ignali vitamin oliş muolajasi 300 ming sömdan boşlanadi.