Buxoro şahri prokurori Jasur Fozilov lavozimidan ozod etildi. Boş prokuratura matbuot xizmati Kun.uz'ga buni tasdiqlab, prokuror öz xohişi bilan lavozimdan böşaş haqida ariza yozganini bildirdi.
Qöşimça qilinişiça, Fozilov Buxoro viloyati prokuraturasining kadrlar ixtiyorida qolgan, ammo «vaqtinça işlamaydi».
Prokurorning lavozimdan ketişi u prezident va Prezident Administratsiyasi rahbariga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat yöllaganidan bir yarim oy ötib röy bermoqda.
Dekabr oyi örtalarida internetda qilgan ketma-ket çiqişlarida Jasur Fozilov bevosita Özbekiston boş prokuroriga qarşi da'volarni ilgari surgan edi. U «Mustahkam Qurilish Development» kompaniyasi vakillarini söroqqa çaqirgaç, özining ustidan tekşiruv boşlangani, bunga sabab esa uşbu kompaniya vakillari göyoki boş prokuror bilan aloqadorligi haqida aytgandi.
Prokurorning da'volari yuzasidan 14 dekabr kuni Respublika idoralararo komissiyasi tuzildi. Xizmat tekşiruvi sabab vazifasidan vaqtinça çetlatilgan Fozilov Respublika komissiyasi tekşiruvi ortidan lavozimiga tiklandi. U 20 dekabr kungi murojaatida komissiya adolatli qaror qabul qilganini aytib, buning uçun prezidentga minnatdorlik bildirdi.
Komissiya qarori rasman e'lon qilinmadi. Jasur Fozilovga köra, komissiya uning ustidan «arizani uyuştirgan tadbirkorlar boş prokuror nomidan foydalanib kelayotganliklari»ni aniqlagan. Ayrim masalalarga esa fuqarolik sudida aniqlik kiritilişi lozimligi aytilgan.
21 dekabrda Boş prokuratura Buxoro şahri prokurori ustidan ötkazilgan xizmat tekşiruvi natijalarini ma'lum qildi. Unga köra, Jasur Fozilov muqobil tekşiruvlar bekor qilinganiga qaramay, jinoiy işga aloqasi bölmagan şaxslarni tergovga majburiy jalb etmoqçi bölgan.
Şu sababli Fozilovga boş prokuror buyruği bilan hayfsan berilgan edi.












