Adliya vazirining “Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarşi ekspertizasini ötkaziş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi buyruği loyihasi e'lon qilindi.
“Korrupsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida”gi qonunning 19-moddasiga muvofiq normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarşi ekspertizasini taşkil etiş davlat boşqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini olişga doir çora-tadbirlardan biri hisoblanadi.
Ma'lum qilinişiça, örganişlar davlat organlari va taşkilotlarida normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarşi ekspertizasini ötkaziş tizimi yetarli darajada yölga qöyilmaganini körsatmoqda.
Şunga köra, korrupsiyaga qarşi ekspertiza ötkazişning amaldagi tartibini takomillaştiriş zaruriyati mavjudligi aytiladi.
Loyiha bilan quyidagilarni nazarda tutuvçi Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarşi ekspertizasini ötkaziş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş közda tutilmoqda:
normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarşi ekspertizasini ötkaziş tartibi va sxemasi;
normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarida korrupsiyaviy omillarni aniqlaş metodikasi;
korrupsiyaviy omillarni aniqlaş böyiça çeklist.
Şu bilan birga, “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarşi ekspertizasini ötkaziş uslubiyotini tasdiqlaş töğrisida”gi buyruq va unga kiritilgan özgartiriş va qöşimçalar öz kuçini yöqotgan deb topilmoqda.

















